Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bolgariyaning Sofiya shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha Stranja—2023 musobaqasining final bahslari 26-fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Foto: MOQ

Boks federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Bahodir Jalolov (+92 kg) va Shohjahon Abdullayevning (-86 kg) raqiblari ringga chiqishda bosh tortgan. Shu tariqa ikki o‘zbekistonlik muddatidan avval oltin medalga ega chiqdi.

Jalolov finalda armanistonlik Davit Chaloyanga qarshi, Abdullayev esa Vinchenso Litssiga (Italiya) qarshi jang qilishi kerak edi.

Qayd etish kerak, mazkur musobaqada qatorasiga uchinchi bokschi amaldagi Olimpiya va jahon chempioni Bahodir Jalolovga qarshi jang qilishdan bosh tortdi. Chorak finalda Qamshibek Kunkabayev (Qozog‘iston), yarim finalda esa Muhammad Abdullayev (Ozarbayjon) ringga chiqmagandi.

Bahodir Stranja—2023 musobaqasida bitta jang o‘tkazdi. U 1/8 finalda AQSH vakili Joshua Edvardsni yengdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »