Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha Stranja—2022 musobaqasida 26-fevral, yakshanba kuni final bahslari bo‘lib o‘tmoqda

Foto: Boks federatsiyasi

Ayollar musobaqasida -48 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharfini himoya qilgan Saidaxon Rahmonova mezbon sportchi Sevda Asenovaga qarshi ringga chiqdi va imkoniyatni boy berdi.

Shodiyorjon Meliqo‘ziyev (-48 kg) hindistonlik Govind Kumarni yengdi (4:1);

Hasanboy Do‘stmatov (-51 kg) esa argentinalik Nikanor Ramonga imkon qoldirmadi (5:0).

Mirazizbek Mirzaxalilov (-54 kg) Bolgariya vakili Yasen Radevga qarshi jang olib bordi. Jang davomida o‘zbekistonlik bokschi faolroq bo‘ldi va raqibiga sezilarli zarbalar berdi. Ikkinchi raundda mezbon sportchi nokdaun holati tushdi, biroq barcha raundlar Radevning foydasiga yozildi. Yakunda 1:4 hisobida Mirzaxalilov raqibiga yengilgani qayd etildi.

Avvalroq Bahodir Jalolov va Shohjahon Abdullayev raqiblari ringga chiqishdan bosh tortgani sabab oltin medalni muddatidan avval qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgandi.

26-fevral kuni yana bir necha o‘zbekistonlik bokschi final jangida ishtirok etadi:

  • -60 kg: Adhamjon Muhiddinov – Radoslav Rosenov (Bolgariya)
  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev – Mujibillo Tursunov
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Bekzod Hamidov
  • -71 kg: Saidjamshid Ja’farov – Yerdemir Tugruxan (Turkiya)
  • -86 kg: Shohjahon Abdullayev – Vinchenso Lizzi (Italiya)
  • +92 kg: Bahodir Jalolov – Davit Chaloyan (Armaniston)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »