Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov bir guruh sanʼatkorlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi. Unda sanʼatdagi muammoli vaziyatlar, saviyasiz ijod, ayrim xonandalarning axloqsiz videolar haqida keskin fikrlar aytildi.

— Bir paytlar ustozlar yaratib ketgan sanʼat bilan maqtanishni bilamiz. O‘rni kelganda o‘sha sanʼatni asray olish ham qo‘limizdan kelmadi. Yozish, gapirish hammaning qo‘lidan keladi. Ammo ko‘chada birov tamaki qoldig‘ini yerga tashlayotganda “Kechirasan og‘ayni, yerdan yaralganmiz va unga qaytamiz. Tashlaganingni ol”, deyolmaymiz. G‘ayridin davlatlarida esa odamlar bunga befarq emas. 
Konsertdan keyin “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyining zalini ko‘rib bo‘lmaydi. Hatto, sanʼatkorlar o‘tiradigan joy ham bo‘sh plastmas idishlarga to‘la bo‘ladi. Yapon futbolchilari o‘yindan keyin hamma yerni yig‘ishtirib, chiqindilarni yig‘ib, taʼzim bilan maydondan chiqib ketadi. Nega bizda ana o‘shandan madaniyat yo‘q, — deydi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov.

U sanʼatkorlarning saviyasiz ijod namunalari va sahnada aytilayotgan “yalong‘och gap”larni ham keskin tanqid qildi.

Foto: “Daryo”

— Bayram o‘tkazilgandan keyin sanʼatkorlarning o‘zi “Yana eski qo‘shiqni olib chiqishdi”, deb gap qilishadi. Ijod bo‘lmaganidan keyin nima qilish kerak?! Shoir yo‘qmi? Shuncha kitoblar, sheʼrlar bor. Yoki u bu kim Alisher Navoiyning g‘azallarini yashirib qo‘yganmi? Mantig‘i yo‘q qo‘shiqlarni aytib turib aqllilik qilish kerak emas. Mentalitetga xos, ota-onalar bilan o‘tirib mazza qilib eshitadigan qo‘shiqlarni aytish vaqti kelmadimi? Sahna yalong‘och gaplarni aytib kuldiradigan yoki o‘ynaydigan joy emas,  — deydi vazir o‘rinbosari.

Davra suhbatida Umra safariga borib, ibodatini xalqqa ko‘z-ko‘z qilayotgan baʼzi sanʼatkorlar ham keskin tanqid ostiga olindi.

Foto: “Daryo”

— Allohning uyiga borib, ibodatingizni qiling. Rasmga olib, o‘zingizni reklama qilish bilan mashg‘ul bo‘lib qolmang. Allohim eshiklarini ochibdi, o‘sha yerga borish nasib etibdi. Bu imkonyatdan to‘g‘ri foydalanish, ibodatni ko‘ngildagidek ado etish kerak. Ammo baʼzi sanʼatkorlar bundan ham o‘z maqsadida foydalanyapti, — deydi vazir o‘rinbosari.

Bundan tashqari, Bahodir Ahmedov rahbarlar tayinlovidan norozi bo‘layotgan va vazirlik ishini keng jamoatchilik bilan muhokama qilayotgan baʼzi sanʼatkorlar haqida ham o‘z mulohazalarini aytib o‘tdi.

Foto: “Daryo”

— Ozodbek Nazarbekovga rahbarlik nega kerak? Bugun ham to‘rtta yerga bannerini ilib, 20 kun konsert bersa ham zal tomoshabin bilan to‘ladi. Har kuni Tojikiston yoki boshqa qo‘shni respublikalardan konsert qilish bo‘yicha takliflar keladi. Bu inson sanʼatga befarq bo‘lmagani uchun rahbarlik kursisida o‘tiribdi. Vazirlik ishini jamoatchilik bilan muhokama qilayotgan insonlar marhamat, bir kun shu kursida o‘tirib, og‘irligini his qilib ko‘rsin. Mana hozir, 7 ta teatrga rahbar kerak, kim boradi? Ijodkorlarga taklif qilsak, “Qo‘ying, kerak emas, boshog‘riq, tinchgina ijodimni qilib yuray”, deydi. Ammo yozib-chizish, orqadan gap qilishni bilishadi.
Bir yili yosh sanʼatkor Yodgor Sadiyevning gapini aytib chiqqandi. “Sen avval o‘sha insonning yoshiga kir, ikkita roling bilan xalqning ko‘nglidan joy ol”, deganman. Jahli chiqqanda hamma qattiq gapirib yuboradi. Rahbar ham oddiy odam, u ham kamchiliklardan holi emas, — deydi vazir o‘rinbosari Bahodir Ahmedov.

Videoni quyida to‘liq holda tomosha qiling.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »