“Moskva Tbilisida hokimiyatni egallashni rejalashtirmoqda”. Saakashvili Gruziya prezidentiga murojaat yo‘lladi
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili o‘zining Facebook’dagi sahifasida amaldagi davlat rahbari Salome Zurabishviliga murojaat e’lon qildi.
Saakashvili Zurabishvilini xalqaro hamjamiyat Gruziyani butunlay yakkalab qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘z vakolatlaridan foydalanishga undadi.
“Mening fikrimcha, barcha siyosiy guruhlar Rossiya to‘ntarishiga qarshi birlashishi, shuningdek, prezident bilan darhol maslahatlashuvlar o‘tkazishi kerak. Ma’lumki, Ukrainadagi muvaffaqiyatsizlik, Moldovadagi mag‘lubiyat bilan parallel ravishda, Moskva yaqin kelajakda Tbilisida hokimiyatni ochiqchasiga qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda, buning uchun u qo‘rquvdagi qo‘g‘irchoqlarni hamma narsaga rozi bo‘lishga majbur qilmoqchi”, — deb yozgan Saakashvili.
Gruziya sobiq prezidenti hozir xafagarchiliklarni eslash vaqti emasligi, “bu buyuk urushda kurashish uchun” barcha imkoniyatlardan foydalanish kerakligini ta’kidlagan.
“Ular bizni urush azobiga qul qilib qo‘ymoqchi. Shuning uchun qarshilik ko‘rsatish har bir chinakam gruziyalikning, xoh sobiq, xoh hozirgi bo‘lsin har bir prezidentning burchidir”, — deydi Saakashvili.
27-fevral kuni bir guruh shifokorlar Tbilisidagi Vivamedi klinikasida davolanayotgan Saakashvilining ahvoli og‘ir ekani ma’lum qildi.
Shifokor Giorgi Grigoliya jurnalistlarga aytishicha, agar “siyosatchining vazni 55 kilogrammga tushsa, u holda tiklab bo‘lmaydigan jarayonlar boshlanadi, u to‘shakka mixlanib qoladi”. Shifokorning ta’kidlashicha, ayni paytda bo‘yi 195 santimetr bo‘lgan Saakashvilining vazni 64 kilogramm, ammo vazn yo‘qotish tendensiyasi davom etmoqda.
ShMM @260422
Яқиндагина бу клоунни деменцияга, яъни ақли заифликна чаоинган деб ёзгандингиз. Бу хам ғарбнинг сохта демократиясининг бир кўришими? Чунки бундан илгари, эсингиўда бўлса Украинада Тимошенка хам сохта касаллик белгисини рол ўйлаб, ногиронлар аравачасига ўтириб олнанди.