Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Chet ellik muhojirlar uchun O‘zbekistonda yashash narxi ma’lum qilindi. Bu haqda AQSHda joylashgan “Xpatulator.com” sayti xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” 

Toshkent shahrida 2023-yil yanvar holatiga ko‘ra, barcha 13 savat guruhlari uchun umumiy yashash qiymati indeksi (COLI) 48,01 ni tashkil qiladi (Nyu-York = 100). Bu ko‘rsatkich, Turkmanistonda 88,9, Tojikistonda 43,8, Qirg‘izistonda 41,24 va Qozog‘istonda 40,8 bo‘lgan. 

Indeks qancha pastroq bo‘lsa, chet elliklar uchun yashash shuncha arzon bo‘ladi. 

Hisoblashda dunyoning 780 nuqtasida 13 xil savatning narxini solishtirish uchun butun dunyo bo‘ylab bir xil tovarlar narxi mintaqadagi yoki unga yaqin bo‘lgan xarajat stavkalaridan kelib chiqqan holda yig‘ildi va AQSH dollariga aylantirildi.

Toshkentda kundalik kiyinishning narxi nisbatan yuqori bo‘ldi — Nyu-Yorkdagi 960 dollarlik savat O‘zbekistonda 1 000 dollarga teng. Biroq, ta’lim narxi pastroq. Nyu-Yorkda o‘qishning o‘rtacha narxi O‘zbekistondagi 16 500 dollarga nisbatan 30 000 dollarni tashkil qiladi. 

O‘zbekistonda oziq-ovqat narxlari ham nisbatan past. Nyu-Yorkda 1 000 dollarlik iste’mol savati Toshkentda 400 dollarga baholanmoqda. 

Shuningdek tibbiy xarajatlar uchun Nyu-Yorkda taxminan 1 000 dollar, O‘zbekistonda esa 300 dollar sarf qilinadi. 

O‘zbekistonda xususiy klinikalarda shifokorga borishning o‘rtacha narxi 24 dollarni tashkil qiladi. Kunduzgi parvarish, jumladan, parvarishlash, dori-darmonlar, diagnostika testlari, ovqatlanish va tegishli xarajatlar 738 dollarni tashkil qiladi.

Ovqatlanish va restoranlarning narxi pastligicha qolmoqda. Nyu-Yorkdagi 1 000 dollarlik savat O‘zbekistonda 370 dollarga baholangan. Toshkentda oziq-ovqat Texasning Xyuston shahriga qaraganda 39,2 foizga arzon. 

Umuman, O‘zbekiston bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlari AQSHga nisbatan 48,1 foizga arzon. 

Shuningdek uy xo‘jaligi xarajatlari Buyuk Britaniyadagidan 53,2 foiz pastroq va transport xarajatlari Hindistonga qaraganda 7,7 foiz qimmatroq.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »