Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bahor — nafaqat tabiat uchun, balki tashqi ko‘rinishimiz uchun ham yangilanish vaqti. Yuz terisining sog‘lom, go‘zal bo‘lishi tashqi ko‘rinishda muhim ahamiyatga ega. “Noviy ochag” nashri bahorda yuz terisi uchun muhim bo‘lgan muolajalar haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Noviy ochag” 

Teringizni namlang

Qish faslida yuz terisi quruq havo, haroratning o‘zgarishi va namlik yetishmasligidan aziyat chekadi, bu esa horg‘in va charchagan ko‘rinishga sabab bo‘ladi. Bahorning birinchi oyi intensiv namlantiruvchi muolajalar uchun eng yaxshi vaqt hisoblanadi. Muolajalar uyda yoki go‘zallik salonlarida amalga oshirilishi mumkin, asosiysi, teri yetarli darajada namlikni oladi va elastiklik va yangi rangni tiklaydi.

Teringizni tozalang

Qishda, teri quruq va himoyasiz bo‘lganda, kosmetologlar haftasiga bir martadan ko‘p bo‘lmagan tozalash vositalaridan foydalanishni maslahat beradi. Biroq bahorda, ko‘proq quyosh nurlari tushishi va namlantirishni inobatga olganda, ko‘proq tozalash vositalardan foydalanish mumkin, bu esa nafaqat o‘lik hujayralarni olib tashlash, balki turli xil kosmetika vositalarining kirib borishini yaxshilash va terining uyg‘onishiga yordam beradi.

Kremni losyon bilan almashtiring

Bahor — namlantiruvchi losyonlarga o‘tish uchun yaxshi vaqt. Ko‘proq yog‘ga asoslangan mahsulotlar yuz terisi namlikka eng muhtoj bo‘lgan paytda, qishda parvarish qilish uchun ideal hisoblanadi. Biroq bahorda yuzdagi teshiklarni to‘sib qo‘ymaydigan va terini og‘irlashtirmaydigan yengilroq mahsulotlardan foydalangan ma’qul.

Teringizni quyosh nurlaridan himoya qiling

Tongni quyosh kremi bilan boshlang, chunki bahorda ko‘pr vaqtimizni tashqarida o‘tkazamiz va ultrabinafsha nurlar bulutlar orqali ham kirib boradi. Yuz terisi doimiy himoyaga muhtoj, shuning uchun kremlarni ertalab qo‘llang va har ikki-uch soatda takrorlashni unutmang. Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklarni ham unutmang, ular nafaqat ko‘z atrofiga ajinlar paydo bo‘lishini oldini oladi, balki teri saratoni xavfini ham kamaytiradi.

Lablaringizga e’tibor bering

Bahorning birinchi haftalarida ko‘plab ayollar lablar terisidagi quruqlik va yoriqlar paydo bo‘lishi muammolariga duch keladi. Bu ajablanarli emas, sovuq havo, shamol, quyosh nurlari va namlik yetishmasligi — bu omillarning barchasi lablar terisiga salbiy ta’sir qiladi. Balzamlar va skrablardan foydalaning va ultrabinafsha nurlanishdan ham himoyalanishni unutmang, lab terisi teri saratoni paydo bo‘luvchi tananing eng zaif joylaridan biri hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »