Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi budjet hisobidan xarid amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. “Daryo” muxbiri markaz matbuot xizmati rahbari Egamberdi Xo‘jamurodov bilan bog‘lanib, holat yuzasidan izoh oldi.

Davlat xaridlari portali monitoring qilinganda, haqiqatdan ham Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2022-yilning 15-dekabr kunida ikkita to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid amalga oshirgani aniqlandi:

  • “Uyg‘onish ma’rifati” kitobini bosib chiqarish uchun;
  • “Yangi Mo‘ynoq” kitob-albomini bosib chiqarish uchun.

Birinchi holatda (lot raqami: 1139097) markaz va “Ma’naviyat” nashriyoti o‘rtasida 92 million 903 ming 900 so‘mlik shartnoma tuzilgan.

Skrin: “xarid.uzex.uz”

Bunda bajaruvchi nashriyot Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Minxojiddin Mirzo muallifi bo‘lgan “Uyg‘onish ma’rifati” kitobini 2 ming adadda bosmadan chiqarib berish mas’uliyatini olgan. Kitobning bir donasi 40 ming so‘mdan oshiqqa baholangan.

Skrin: Shartnoma bayonnomasi

Ikkinchi holatda ham (lot raqami: 1155399) markaz va yana yuqoridagi “Ma’naviyat” nashriyoti o‘rtasida xarid kelishuvi amalga oshirilgan. Unga ko‘ra, lotning boshlang‘ich qiymati — 1 milliard 319 million 721 ming 600 so‘m. 

Skrin: “xarid.uzex.uz”

Shartnoma bayonnomasiga ko‘ra, nashriyot “Yangi Mo‘ynoq” kitob-albomini 3 ming adadda bosib chiqarishi ko‘zda tutilgan. Har birining narxi 382 ming 528 so‘mga to‘g‘ri keladi.

Skrin: Shartnoma bayonnomasi

E’tiborlisi, ochiq manbalardagi ma’lumotlar markaz bilan ikkita katta xarid kelishuviga erishgan “Ma’naviyat” nashriyotining 100 foiz ulushi aynan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markaziga tegishli ekanini ko‘rsatmoqda. 

Skrin: Statistika agentligi

“Daryo” muxbiri markaz matbuot xizmati rahbaridan nega xarid to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilgani, tender orqali ochiq savdoga chiqarilmaganini so‘radi. U esa “hammasi qonuniy tarzda amalga oshirilgan”ini bildirdi.

“Shu bo‘yicha shug‘ullanyapmiz hozir. Bu yerda noqonuniy narsa yo‘q. Bu pul sarflanishidan oldin davlat nazoratidan o‘tadi.Tendersiz o‘tkazilmaydi, mumkin emas”, — dedi Egamberdi Xo‘jamurodov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »