Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Maʼlum bo‘lishicha, kasallik mutlaqo sog‘lom odamda ham paydo bo‘lishi mumkin. Biz qanchalik biror narsani tez-tez mexanik tarzda, unga ahamiyat bermasdan qilamiz? Kanadalik olimlarning yangi kashfiyoti haqida bilib olgach, siz, albatta, kundalik tartibingizni qayta ko‘rib chiqasiz, deb yozmoqda Wday nashri.

Olimlar onkologiyaning paydo bo‘lishiga hissa qo‘shadigan beshta muntazam narsalarni aniqlashdi. Birinchilikda go‘sht va pishloqni tez-tez isteʼmol qilish onkologik xavfni oshirishi maʼlum bo‘ldi. Olimlarning qayd etishicha, ushbu oziq-ovqatlar qizilo‘ngach saratoniga olib kelishi ehtimoldan xoli emas. Ammo ulardan butunlay voz kechish kasallikdan himoya qilmaydi. Faqatgina bitta yo‘l — oltin o‘rtalik sizni qutqara oladi.

Keng tarqalganlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda uyqu yetishmasligi turibdi. Bu organizmga chekish kabi zararli. Uchinchi o‘rinda gaz plitasida pishirilgan taomlar joy oldi. Gap shundaki, yonish jarayonida azot dioksidi va formaldegid ajralib chiqadi, bu moddalarning saratonga olib kelish xavfi bor.

Va saraton rivojlanishiga hissa qo‘shadigan so‘nggi odatni olimlar “o‘tirib bajariladigan ish” deb atashgan. Hodisalarning bunday rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tik turgan holda ishlash yoki ish orasida jismoniy mashqlar qilish tavsiya etiladi. Eng yaqin qahvaxonaga kofe ichish uchun tez-tez yuguradiganlar kasallikdan o‘ziga xos himoya yaratadilar.

Qizig‘i shundaki, ilgari olimlar (faqat britaniyaliklar) o‘limga olib boruvchi kasallikning rivojlanishini to‘g‘ridan to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liqligiga ishontirgan. Xususan, ular qahva, brokkoli va boshqa sabzavotlarni, shuningdek, qora shokoladni yoqtirmaydigan ayollar xavf ostida ekanligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »