Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kaloriyaga boyligiga qaramay, italyan oshxonasi dunyodagi eng sog‘lom taomlardan biri hisoblanadi. Italiyaliklar diyetasida doimiy pitssa va makaron bo‘lishiga qaramay, semirmasliklarining sababi nimada?

Yo‘qdan bor qilinadi

Foto: Getty Images

Italiya oshxonasining aksariyati juda oz narsadan maksimal darajada foydalanishga asoslangan. Buning hatto maxsus nomi ham bor: cucina povera — “kambag‘al oshxona”. Eng yaxshi misol — minestrone sho‘rvasi. U maxsus retsept bo‘yicha emas, balki oshxonada topilishi mumkin bo‘lgan har qanday mavsumiy mahsulotlardan tayyorlanadi. Italiyaliklar bus ho‘rvaga ko‘katlar, loviya, makaron yoki boshqa mahsulotlarni qo‘shishlari mumkin. Kechagidan qolgan minestroni ertasi kuni to‘yimli taomga aylantirish uchun unga qotgan non solish kifoya.

Sarimsoq ko‘p ishlatilmaydi

Foto: Getty Images

Italyan taomlari bir tonna sarimsoqni talab qiladi, degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Darhaqiqat, mashhur oshpazlarning ta'kidlashicha, sarimsoqni restoran menyusida yoki uyda pishirilgan taomlarda aniqlash deyarli mumkin emas. Italiya oshxonasida ta’m xususiyatlari yanada nozik va sarimsoq har doim ham kerak bo‘lavermaydi. Hamma narsa me’yorida bo‘lishi lozim.

Guruch tinmay aralashtirib turiladi

Foto: Getty Images

Italiyaliklar pishiradigan guruch dunyodagi boshqa guruchli taomlardan farq qiladi - qaymoqli sousda dona-dona bo‘lib turadi. Buning siri guruch kraxmalidan foydalanishdir.

An'anaga ko‘ra, risotto tayyorlash jarayoni o‘simlik yog‘ida yoki sariyog‘da qovurilgan kalta donli guruchdan, lazzat qo‘shish uchun ozgina to‘g‘ralgan piyoz bilan boshlanadi. Shundan so‘ng guruchga asta-sekin bulyon qo‘shiladi, oshpaz esa guruch tez qaynab ketmasligi uchun tinmay aralashtirib turadi. Doimiy harakat guruchlarning oz miqdorgia suyuqlikda bir tekis pishishini ta'minlaydi.

Har bir sous uchun alohida makaron turi tanlanadi

Foto: Getty Images

Odatda odamlarda makaron shakllarining kichik ro‘yxati bo‘ladi: spagetti, penne, rigatoni, linguini. Italiyada makaron dunyosi mavjud va har bir tur ma'lum bir sousga mos keladi.

Spagetti sindirilmaydi

Foto: Getty Images

Uzun makaron tayyorlashning yana bir sevimli usuli - uni tovaga butunlay sig‘ishi uchun bo‘laklarga bo‘lisg. Lekin asl uzunligi juda muhim. Pishirilgan spagettini vilka bilan maydalaganingizda, uzun makaron sousni ko‘proq o‘ziga singdiradi va taom yanada mazali bo‘ladi. Makaronni butun uzunligi bo‘ylab pishirish uchun spagettini qaynoq suvga solisg va pastki qismi yumshoq bo‘lishi bilan quruq tomonini pastga qaratib qisqichlar bilan aylantirish kerak.

Pizza uchun motsarella pishlog‘i ishlatiladi

Foto: Getty Images

Motsarella pishlog‘i yog‘li boy va oson eriydi. Shuning uchun italiyaliklar asosan undan pitsa tayyorlash uchun foydalanadilar. Yangi motsarella — eng yaxshi variant, chunki u qaymoq ta'miga, yumshoq tuzilishga ega, shuning uchun xamirda yaxshi eriydi.

Souslar havonchada tayyorlanadi

Foto: Getty Images

Biz pazandachilik sohasidagi ishimizni sezilarli darajada osonlashtiradigan qulay oshxona jihozlariga o‘rganib qolganmiz. Oziq-ovqat kombaynlari va blenderlar turganda ular havoncha kabi eskirgan sous tayyorlash usullaridan foydalanadi. Ammo makaron va souslar texnikada pishirilganidan ko‘ra mazali bo‘lib chiqadi. Axir nafaqat natija, balki jarayon ham muhim.

Kechagi makaronni isitilmaydi

Foto: Getty Images

Italiyaliklar qolgan makaronni qayta qizdirmaydilar. Buning o‘rniga kechagi makarondan boshqa taom tayyorlaydilar. Italiyada qolgan makaron odatda pastichcho tayyorlash uchun maydalangan, motsarella, qaynatilgan tuxum va sabzavotlar kabi boshqa ingrediyentlar bilan pishiriladi yoki tuxum bilan aralashtiriladi va frittata di maccheroni deb ataladigan tortiliya turiga aylanadi.

Kam porsiya yeyiladi

Foto: Getty Images

Italiyaliklarga ko‘ra, odamlar duch keladigan muammo shuki, ular juda katta porsiya pishirishadi. Italiyaliklar yuzlab yillar davomida makaron iste'mol qiladilar, ammo ular semirishmaydi. Italiyada makaronning o‘rtacha porsiyasi 75-80 g, boshqa odamlar ko‘pincha 150-200 g porsiyani iste'mol qiladilar.Maslahat: Makaronni pishirishdan oldin har doim o‘lchab oling.

Mavsumga qarab taom tayyorlanadi

Foto: Getty Images

Italiyaliklar taomni mavsumga qarab pishirishadi va Italiyaning har bir mintaqasi turli xil ingrediyentlardan foydalanadi. Bu shuni anglatadiki, mahsulotlar hozir bozorda yangi bo‘lgan narsaga qarab o‘zgarishi kerak. Yangilik taomning sifatiga katta ta'sir ko‘rsatadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »