Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida 100 dan ortiq tenderlar yakunlandi. “Daryo” muxbiri Abduqahhor Qosimov hujjatlarni monitoring qilib, eng e’tiborga molik savdolar haqida ma’lumot beradi.

Illyustratsiya: “Daryo” / To‘rayev Dilbek

Stadion projektorlari uchun 420 ming yevro

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 16—23-fevral sanalari oralig‘ida boshlang‘ich narxi 494 ming 780 yevro bo‘lgan tender o‘tkazdi. Buyurtmachiga futbol maydoni uchun ikki turdagi jami 236 ta yoritish projektori yetkazib berish talabi qo‘yilgan.

Skrin: “etender.uzex.uz”

Lot (tartib raqami: 230588) ma’lumotlariga ko‘ra, bir donasining narxi 605 yevro bo‘lgan projektorlardan 16 ta, 2205 yevro bo‘lgan projektorlardan 220 ta olib kelinadi.

Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi 

Tenderni yutib olish uchun 6 ta tadbirkorlik subyekti raqobatlashdi. Yakunda komissiya a’zolarining baholariga ko‘ra, Rossiyaning “Torgoviy Dom Ural'skiy Zavod Himichesk” korxonasi tender g‘olibi bo‘ldi. Shartnoma summasi — 420 ming 864 yevro.

Mahalladoshlar raqobati

2-mart kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani Ayollar daftari jamg‘armasi o‘tkazgan tender yakunlandi. Boshlang‘ich narxi 214 million 460 ming so‘m bo‘lgan tenderdan kam ta’minlangan ayollarga uy-joy ta’mirlash uchun qurilish mollari xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Skrin: “etender.uzex.uz”

G‘oliblik uchun “Pokiza” xususiy firmasi va ”Boysun Ideal Sanoat” xususiy korxonasi raqobatlashdi. Yakunda 100 ball to‘plagan “Pokiza” tender g‘olibi, 95 balli “Boysun Ideal Sanoat” esa zaxiradagi g‘olib deb topildi.

Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi 

Ochiq ma’lumotlar orqali tender ishtirokchilarining rahbariyati bilan qiziqqanimizda, ikkala korxonaning ham joylashuv manzillari Surxondaryo viloyati Boysun tumani Boysun shahri “Obi” mahallasi Ibrat ko‘chasida ekani ma’lum bo‘ldi.

Skrin: Statistika agentligi
Skrin: Statistika agentligi

Ammo ta’sischi va rahbarlar, shuningdek, boshqa ko‘rsatkichlarda bog‘liqlik aniqlanmadi.

Bir manzildagi korxonalar ishtiroki

“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati ekologik loyiha dasturini ishlab chiqish uchun boshlang‘ich qiymati 24 million 500 ming so‘m bo‘lgan tenderni yakunladi. 227348-lot ma’lumotiga ko‘ra, g‘olibga 15 foizlik avans taqdim etiladi.

Skrin: “etender.uzex.uz”

Tender g‘olibligi uchun 4 ta korxona kurashgan bo‘lsa, ulardan biri (Green Time MCHJ) noma’lum sababga ko‘ra diskvalifikatsiya qilingan. Komissiya a’zolarining yakuniy baholariga ko‘ra, Clean Version MCHJ 100 ball bilan g‘olib, Eko Weather Standart MCHJ 60 ball bilan zaxira g‘olib deb topilgan. Eco-Projects-Group esa 52 ball bilan tenderni yutqazgan.

Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Clean Version korxonasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasi “Katta navbahor” mahallasi 42-uyda joylashgan.

Skrin: Statistika agentligi

Shubhalisi, tenderda ikkinchi o‘rinda qayd etilgan Eko Weather Standart’ning manzili ham aynan shu joy — Bunyodkor shohko‘chasi “Katta navbahor” mahallasi 42-uy deb ko‘rsatilgan.

Skrin: Statistika agentligi

Mas’ullardan ushbu shubhali tenderlar natijalariga e’tibor qaratib, noqonuniy holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni so‘raymiz.

Abduqahhor Qosimov
Muxbir:

Abduqahhor Qosimov

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »