Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 3-mart kuni qorda qolib ketgan 106 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Foto: Aqto‘be viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti axborot xizmati

Qayd etilishicha, qor bo‘roni va yo‘llarning yopilishi sababli 7 ta tumanda yo‘llarda 15 ta yengil, 366 ta yuk mashinasi va 7 ta yo‘lovchi avtobusi to‘planib qolgan.

Xususan, o‘zbekistonliklar bo‘lgan 2 ta avtobus Samara—Chimkent yo‘lida qolib ketgan. Qutqaruvchilar 106 kishini evakuatsiya qilib, Ayteke biy qishlog‘i masjidiga joylashtirgan.

“2023-yil 3-mart kuni 112 qutqaruv xizmatiga Samara—Chimkent yo‘li vaqtincha yopilgani sababli 2 ta avtobus to‘xtab qolgani, yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish zarurati tug‘ilgani haqida xabar kelib tushgan.

Qutqaruvchilar 106 nafar O‘zbekiston fuqarosini evakuatsiya qilib, Ayteke biy qishlog‘i masjidiga joylashtirgan. 24 yoshli homilador ayolni qutqaruvchilar sog‘lig‘iga bog‘liq tuman markazidan 60 kilometr uzoqlikdagi kasalxonaga olib ketishdi”, – deyiladi FVD xabarida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »