Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha va Germaniya siyosatchilari o‘rtasida Ukrainaga qurol yetkazib berish borasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Kollaj: UNIAN

Berlin rasmiylariga ko‘ra, tanklar va qurol-yarog‘lar bo‘yicha kelishmovchilikdan tashqari, ikki tomonlama hamkorlik silliq kechmoqda. Polsha rahbarlari jangovar tanklarni frontga jo‘natishni kechiktirishda ayblab, Berlinga “hujum qilish” imkoniyatini qo‘ldan boy bermayotgani keltiriladi. Xususan, Polsha rahbari Anjey Duda eski Leopard tanklari uchun ehtiyot qismlar yetkazib berishdagi muammolar sababli Germaniyani tanqid qilgan.

“Asosiy mas’uliyat ushbu tanklarning asosiy ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Germaniya zimmasiga tushadi. Shuncha vaqt davomida nemis tomonini tanklar koalitsiyasiga qo‘shilishga va nafaqat tanklar, balki ehtiyot qismlarni ham yetkazib berishga chaqirib keldik”, — dedi u.

O‘z navbatida Germaniya tomoni A4 arsenalda yo‘qligi sababli nemis harbiylarida ularga mos ehtiyot qismlar yo‘qligini da’vo qilmoqda. Bundan tashqari, Germaniya tanqidchilari qanday qilib shoshilinch ravishda eskirgan tanklarni Ukrainaga yetkazib berishga urinayotganini ilgari surgan.

Xususan, Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius o‘n yil avval Bryusselda NATO yig‘ilishida Polshaning Leopard 2A4 modellari zaxiralari haqida tegishli fikrni bildirgandi. Polsha va Germaniya siyosatchilari kimning energetika siyosati Moskvaga yordam bergani haqida bahs yuritgan. Ismi oshkor etilmagan mulozim jurnalistlarga nizolar Ukrainaga qurol yetkazib berishga xalaqit berishi mumkinligidan xavotirda ekanini aytgan.

“Germaniya Kiyevga kerakli yordam ko‘rsatishdan ko‘ra, xalqaro o‘yinchilarning maqtovi uchun Polsha bilan raqobatlashmoqchi”, — deydi manba.

E’tiborlisi, ikki davlatlar o‘rtasidagi keskinlik Polshada oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan saylovlarga bir necha oy qolganida sodir bo‘lmoqda. Manbaga ko‘ra, Germaniya kansleri Olaf Shols keskinlik aynan saylovlar bilan bog‘liqligiga ishonch bildirgan va saylovoldi kampaniyasi yakunlanishi bilan vaziyat normallashishini kutmoqda. Energetika kabi boshqa sohalarda ham hamkorlik faol davom etmoqda. Misol uchun, Germaniya Berlin yaqinidagi Rossiya davlat neft kompaniyasiga tegishli bo‘lgan neftni qayta ishlash zavodini sotish ustida ishlamoqda. Polsha davlat kompaniyasi PKN Orlen SA esa aksiyani sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »