Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokiston janubi-g‘arbida xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle mahalliy rasmiylarga tayanib.

Foto: Twitter

Hodisa Balujiston viloyati markazi Kvettadan 160 kilometr sharqda joylashgan Sibi shahri yaqinida sodir etilgan. Rasmiylarga ko‘ra, xudkush terrorchi mototsiklda ketayotgan bo‘lgan va orqadagi politsiya yuk mashinasiga borib urilgan.

Portlash oqibatida kamida to‘qqiz nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi. Yana 16 kishi jarohatlandi.

Rasmiylarning aytishicha, politsiya bir haftalik yirik chorvachilik ko‘rgazmasidan qaytayotgan edi, ular ko‘rgazmada xavfsizlikni ta’minlagan.

Hozircha portlash uchun javobgarlikni hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmagani aytilmoqda, biroq bu noyabr oyida hukumat va “Tolibon” o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari buzilganidan keyin Pokiston politsiyasiga hujumlar kuchaygan bir paytda sodir bo‘lmoqda, deb ta’kidlaydi DW. Balujiston viloyatining o‘zi ham Afg‘oniston, ham Eron bilan chegaradosh.

30-yanvar kuni Peshovardagi masjidda portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa paytida bino ichida 400 ga yaqin odam bo‘lgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, masjid ichidagi odamlardan biri namoz o‘qish uchun navbatda turgan paytda o‘zini portlatgan. 60 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Fevral oyi o‘rtalarida Karachi shahrida qurollangan erkaklar politsiyaning bosh idorasiga bostirib kirib, ulardan biri o‘zini portlatgandi. Hujum oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »