Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pol Battenalli va Klara Trindall Coca-Cola yuk mashinasini avtouyga aylantirdi. Juftlik avtouydagi hayotlarini aks etttiruvchi suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylab, mashhurlikka erishdi.

Foto: “Pravila jizni”

Pol va Klara vatanlari Avstraliyada yashashadi, biroq ular Yaponiyada dam olayotganlarida, ish paytida tanishib qolishgan. Juftlik har doim katta davlatlarni yangidan kashf qilishni xohlagan. Vaqt o‘tishi bilan ularning xayoliga avtouy sotib olish fikri kelgan.

Foto: “Pravila jizni”

“Biz avtouy sotib olmoqchi bo‘ldik, bir nechta furgonni ko‘rib chiqdik, biroq ularning ko‘pchiligi juda kichik, mening bo‘yim esa juda baland edi. Oxir-oqibat Coca-Cola yuk mashinasiga duch keldik. Mashinani 2021-yilda sotib olib, ta’mirlay boshladik”, — deydi Pol o‘z intervyusida.

Foto: “Pravila jizni”

Keyingi 11 oy davomida 32 yoshli Battenali yarim kunni yuk mashinasida ishlash bilan o‘tkazdi. Juftlik 17 500 dollarga 2005-yilda ishlab chiqarilgan Isuzu mashinasini sotib oldi. Ular o‘zlarining uy-joy loyihasi uchun alohida Instagram sahifasini yaratdi.

Foto: “Pravila jizni”

“Yuk mashinasini sotib olganimda, Yangi Janubiy Uels qirg‘oqlaridagi shaharchada bir guruh do‘stlarim bilan yashardim, shuning uchun ishdan bo‘sh vaqtimda mashinani ta’mirladim. Men duradgorman,  barcha kerakli ko‘nikmalarga egaman,  shuning uchun bu menga qiyinchilik tug‘dirmadi”, — deydi Pol.

Foto: “Pravila jizni”

Yuk mashinasi to‘liq avtouy holatiga kelgach, Pol va Klara unda bir yil yashadi va orzularidagi sayohatni amalga oshirish uchun pul yig‘di.

Foto: “Pravila jizni”

Ta’mirlash ishlari bo‘yicha juftlik maishiy texnika, elektr jihozlari va sanitariya-tesisat uchun taxminan 17 000 dollar, shuningdek, yuk mashinasi materiallari uchun 8 000 dollar sarfladi.

Foto: “Pravila jizni”

Uyning ichkarisi quyidagi ko‘rinishda:

Foto: “Pravila jizni”
Foto: “Pravila jizni”

Avtouy keng karavot, pech va gaz plitali oshxona, hojatxona va dushdan iborat. Uyda velosiped va boshqa narsalarni joylashtirish uchun ham joy  bor.

Foto: “Pravila jizni”

Pol va Klara 2023-yil yanvar oyida o‘zlari bilan taxminan 27 000 dollar olib, avtouyda o‘zlarining birinchi uzoq davom etuvchi sayohatga chiqishdi.

Foto: “Pravila jizni”

Ular yoqilg‘i va oziq-ovqat uchun haftasiga o‘rtacha 500 dollar sarflashadi. Pol va Klara Avstraliya bo‘ylab sayohat davomida o‘zlarining akkauntlariga rasmlarni muxlislariga taqdim etishadi.

Foto: “Pravila jizni”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »