Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

10-mart, juma kuni bitkoin narxi deyarli ikki oy ichida birinchi marta 20 000 dollardan pastga tushdi.

Coindesk ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 24 soat ichida kriptovalyuta kamida 19 593 dollarni tashkil etdi, bu joriy yilning 13-yanvaridan beri eng past ko‘rsatkichdir.

Foto: Coindesk

Toshkent vaqti bilan 18:21 holatiga ko‘ra, bitkoin 19 919 dollar bo‘lib turibdi. So‘nggi 24 soat ichida kriptovalyuta narxi 9,23 foizga pasaydi.

Shuningdek, Ethereum narxi deyarli 10 foizga tushib, 1371 dollarni tashkil etdi. Bu 12-yanvardan beri minimal ko‘rsatkich. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi 24 soat ichida jahon kriptovalyuta bozori kapitallashuvda 70 milliard dollardan ortiq mablag‘ni yo‘qotdi. 

Kriptovalyutalarning sotuviga AQSH fond bozoridagi pasayish sabab bo‘lishi mumkin, uning dinamikasi ko‘pincha kripto aktivlari bozoridagi harakatlar bilan bog‘liq.

9-mart kuni AQSH Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauyell foiz stavkalarining kutilgan darajadan oshishiga ruxsat berganidan so‘ng, AQSHning asosiy indekslari pasayib ketdi, deya xabar beradi telekanal.

Ta’kidlanishicha, kriptovalyuta bozoridagi kayfiyatga texnologiya startaplari va kripto firmalariga kredit beradigan Silvergate va Silicon Valley Bank muammolari ham ta’sir qilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »