Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron va Saudiya Arabistoni yetti yil o‘tib diplomatik munosabatlarni normallashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Irna xabar berdi.

Foto: Xitoy tashqi ishlar vazirligi

Ma’lum qilinishicha, davlatlar ikki oy ichida o‘z elchixonalarini qayta ishga tushiradi. Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi va uning saudiyalik hamkasbi Pekinda muzokara o‘tkazdi. Natijada uch tomonlama bayonot qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni 2016-yilda Ar-Riyodda shia voizchisi qatl etilganidan so‘ng Eron bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi. Bunga javoban qator Eron yetakchilari Ar-Riyodga nisbatan keskin bayonotlar bilan chiqqan. Saudiya Tashqi ishlar vazirligi Eron elchisini chaqirib, unga norozilik bildirgan. 

2022-yil sentabr oyida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ar-Riyod va Tehron qo‘shnichilik munosabatlariga ega bo‘lishi kerakligini aytdi. Ammo Eronda tartibsizliklar boshlanganidan keyin mamlakat rasmiylari Saudiya Arabistonini namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »