Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ikki fasl chorrahasida turgan organizmga hayotiy resurslar yetishmaydi. Tabiat endigina qishki uyqudan uyg‘onganda, organizmda sovuq havodan toliqish natijasida shunday holatlar sodir bo‘ladi: hayot davomida, gormonnal faoliyat o‘zgarib, organizm yangilana boshlaydi. Tabiatda bu yangilanishlar oson kechadi, bizda esa unchalik emas. Shuning uchun bahorda o‘zimizni holsiz his qilamiz. Bunday paytda qanday yo‘l tutish kerakligini biz sizga aytamiz!

Tongni jismoniy mashqlar bilan boshlang

Qisqa, ammo muntazam mashqlar almashuv jarayonlarini meyorlashtirib, qon-tomirlari faoliyatini yaxshilaydi, yurak mushaklarini mustahkamlab, qonga endorfinlarni (yaxshi kayfiyat gormonlarini) chiqarishga sabab bo‘ladi. Tongda tetiklantiruvchi mashqlarni bajaring. Tanangizni cho‘zing. Qo‘llaringizni yerga qo‘ying. Tizzalarni egmasdan, asta-sekin boshlang‘ich holatga qayting. Yelka va bo‘yningizni bo‘shashtiring. Ohistalik bilan orqaga egilib devorga suyaning, bosh va tovoningizning orqa tomonini devorga tekkizib turgan holda mushaklarni taranglashtiring. Qo‘l va oyoqlarni silkiting. Kompleksni bir necha bor takrorlang.

O‘zingizni uqalashni unutmang

Uqalash uyqusirash va stressni bartaraf etadi. Quloqlar, chap qo‘l bosh barmog‘i va labning ustki nuqtasi energetik “portallarimiz”dir. Bunday  massajni kunning istalgan vaqtida, o‘zingizda uyqusirash tuyganingizda amalga oshiring.

Bir stakan suv iching

Dunyo shifokorlari ertalab bir stakan suv ichishni maslahat beradi. Gazsiz, oddiy yoki qaynatilgan, asal, limon yoki yalpiz barglari qo‘shilgan mineral suvmi farqi yo‘q. Stakanda qanday suv bo‘lishidan qatʼiy nazar foydalidir. Bu bilan oshqozon-ichak traktining faoliyati yaxshilanadi. Salomatlik bevosita oshqozon-ichak trakti faoliyati bilan bog‘liq.

Ratsionga vitaminlar qo‘shing

Foto: Lisa

 

Mart-aprel oylarida organizmda vitaminlar yetishmovchiligi kuzatiladi. Shuning uchun kuchsizlik, sustkashlik, uyqusirash, unutuvchanlik, ishga,  hamma narsaga nisbatan ishtiyoqsizlik kuzatiladi. Bularning barchasi mavsumiy vitamin yetishmasligi tufayli yuzaga keladi. Kuchli vitaminlar  dozasini olish uchun turp va tuzlangan karamni tez-tez iste’mol qiling. Unga bug‘doy kepagi va undirilgan bug‘doy qo‘shing, naʼmatak qaynating, barra ko‘katlarni ham unutmang. Har kuni 2-3 dona salat bargi va turli tuman ko‘katlar, bir necha dona yangi unib chiqqan piyoz  bandlarini isteʼmol qiling — shunda yana quvvatga ega bo‘lasiz!

“Tetiklik” kokteylini tayyorlang

Kun davomida charchoq paydo bo‘ladimi? Bitta banan, 400 ml sut oling (bugungi kunda talab katta bo‘lgan sog‘lom oziq-ovqat mahsuloti — kokos suvi bilan almashtirilishi mumkin: u arzon va barcha supermarketlarda sotiladi), shuningdek, bir hovuch yong‘oq, 1 choy qoshiq undirilgan bug‘doy donalari (chia urug‘lari bilan almashtirilishi mumkin) va limon sharbati. Barcha ingrediyentlarni blenderga solib yaxshilab aralashtiring.

Vazningizni kuzatib boring

Qish mavsumida ko‘pchilik vazn yig‘adi, natijada charchoq kuchayadi. Chindan ham keraksiz yukni ko‘tarish oson emas. Ortiqcha vazndan qutulish qiyin emas. Faqat kuchli diyetalar va ochlik haqida unuting. Yangi boshlaganlar ovqatlanish tarzlarini o‘zgartirishga harakat qilishi lozim. Ovqatni oddiy likoplarga emas kichik likopchalarga suzing. Ular kamroq taom ketadi va to‘la ko‘rinadi. Kuniga 3 mahal ovqatlanishga harakat qiling (nonushta, tushlik, kechki ovqat), yaxshisi har doim bir vaqtning o‘zida. Qo‘shimchalar va rejadan tashqari to‘yimli yeguliklardan voz keching (agar ovqatlanishni istasangiz, ochlikni kefir, yogurt, olma, sabzi yoki bir hovuch yong‘oq bilan ochlikni qondiring).

Tetiklantiruvchi hidlarni zaxira qiling

Foto: Lisa

Ertalab tezroq tetiklanish uchun limon, mandarin, apelsin, bergamot, rozmarin yoki rayhonning efir moylari bilan to‘ldirilgan aromat chiroqni yoqing. Yoki siz vanil yoki sitrus hidli dush geli bilan shunchaki kontrastli dush qabul qiling.

Sayrga chiqing

Toza havodan nafas olish eng oddiy, ammo eng samarali vositadir. Bog‘da tez-tez sayr qiling va kulrang hujayralarimiz uchun zarur bo‘lgan kislorod terapiyasining bepul seansini qabul qiling. Chunki bosh og‘rig‘i, charchoq, uyqusirash kislorod yetishmasligining oqibatlaridir. 30-40 daqiqa davomida tez surʼatda piyoda yuring. Haftasiga kamida uch marta qisqa sayr qilish yaxshi holatda bo‘lishga yordam beradi, shuningdek, qon bosimini normallashtiradi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini, stressni kamaytiradi va immunitet tizimini mustahkamlaydi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »