Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda deputatlar pedofillarga o‘lim jazosi berilishi bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qilmoqda. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: Anadolu

Qirg‘izistonlik deputat Dastan Bekeshev Twitter’da bu haqda ma’lumot berdi. U 61 parlamentariy prezidentga pedofillarga nisbatan o‘lim jazosi tayinlash bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qilayotganini aytdi. Tez orada Joqorgu Kenesh qarori loyihasi ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda bir qancha xalq deputatlari voyaga yetmaganlarni zo‘rlaganlarga jazoni kuchaytirishni ilgari surgandi. Xususan, ular kimyoviy kastratsiyani joriy etish tashabbusi bilan chiqqan. 

Qirg‘izistonda o‘lim jazosiga moratoriy joriy etilgan. 1998-yilda davlat rahbari Asqar Akayev Inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganining 50 yilligi munosabati bilan o‘lim jazosiga ikki yillik moratoriy kiritdi. Keyinchalik muddat yana uzaytirilgan. Qirg‘iziston Jinoyat kodeksida o‘lim jazosi, umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »