Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya hozirda Kiyevning pozitsiyasi tufayli Ukraina bilan muzokara olib borish imkoniyatini ko‘rmayapti. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: Sputnik

“Biz muzokaralar olib borishni iltimos qilganimiz uchun muzokaralardan uzoqlashmayapmiz. Hozir bu jarayon uchun imkoniyatni ko‘rmayapmiz, biroq Rossiya muzokaralarni istamasligi qanchalik yomon, degan to‘xtovsiz bayonotlar to‘lqini fonida shuni ta’kidlayapmiz. Kimdir Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aytganlarini o‘qiganmi? Sentabr oyida ular tomonidan muzokaralarni olib borishni taqiqlash bo‘yicha farmon imzolanganini kimdir eslaydimi?” — dedi Lavrov.

Shu bilan birga, Rossiya TIV rahbari Zelenskiyning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan hech qachon muzokara stoliga o‘tirmasligi haqidagi so‘zlarini eslatdi. 

“Siz keyingi bayonotlarni eshitdingiz, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Bill Berns kecha negadir Rossiya tinch yo‘l bilan vaziyatni hal qilishda manfaatdor emasligini bildirdi, lekin Zelenskiy nimadan manfaatdor ekani aniqmi? U Bill Berns bilan bir vaqtda Putin bilan hech qachon muzokara stoliga o‘tirmasligini aytdi. Zelenskiy ittifoqchilari bilan birga mamlakatining kelajagi masalalarini hal qiladi”, — dedi diplomat.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »