Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Agar kaloriyalar sonini kuzatib boradigan bo‘lsangiz, unda bu mahsulotlar ochlikni qondirish kerak bo‘lganda qutqaruvchilarga aylanishi mumkin. Ammo taomnoma jadvalingizni qo‘pol ravishda buza olmaysiz.

Suv — 0 kkal

Eng xavfsiz ichimlik! Ha, unda 0 kaloriya bor. Buning sababi unda yog‘lar, oqsillar va uglevodlarning yo‘qligi. Ba’zan diyetologlar ochlik hissi bo‘lsa, shunchaki ichimlik suvini tavsiya etishlari bejiz emas.

“Konjak” lapshasi — 8 kkal

Kam uglevod va yuqori tolali tarkibi (oddiy makarondan ikki baravar yuqori) bu lapshani haqiqiy past kaloriyali superfudga aylantiradi. Ammo yomon tomoni: buni iste’mol qilgandan so‘ng qorin bo‘shlig‘ida noqulaylik hissi paydo bo‘lishi mumkin, chunki klechatkaning ko‘p miqdori qorinni dam qiladi, shuning natijasida to‘yinganlik hissi ta’minlanadi.

Qora qahva — 2 kkal

Bir chashka qora qahva ham zarar qilmaydi. Asosiysi unga kruassan yoki bir bo‘lak tort qo‘shimcha qilmaslikdir. Biroq bu mahsulotni haddan ortiq ko‘p iste’mol qilish yaramaydi. Kofeinning yuqori darajasi qon bosimini oshiradi va yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfi ortishiga ham xizmat qiladi.

Rovoch — 13 kkal

Rovoch antioksidantlarga boy, shuningdek, yallig‘lanishga va mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Biroq bu o‘simlikning ham bir qator qarshi ko‘rsatmasi bor. Masalan, buyragida tosh bo‘lgan odamlar rovoch iste’mol qilishi tavsiya etilmaydi. Rovochdan tayyorlangan mahsulotlar yoki murabbo ko‘proq tarqalgan bo‘lsa-da, mahsulotni salatlar bilan birgalikda iste’mol qilish mumkin.

Shakarsiz choy — 2 kkal

Suvga (agar u ta’msiz bo‘lib tuyulsa) va qahvaga (uni esa ko‘p iste’mol qilib bo‘lmaydi) muqobil choy bo‘lishi mumkin. Asosiysi, yana shakardan voz kechish talab etiladi.

Rediska — 17 kkal

Yengil gazak uchun yana bir nomzod, ayniqsa, bahorda rediskadir. Bu sabzavot immunitet tizimini va yurak faoliyatini mustahkamlovchi vitaminlar, minerallar va efir moylariga boy. Yagona salbiy tomoni shundaki, rediskaning oshqozon shilliq qavatiga ta’sirini kamaytirish uchun smetana bilan aralashtirgan holda iste’mol qilish yaxshiroqdir. Faqat smetanani sotib olayotganda har doim kam yog‘li mahsulotni tanlashga harakat qiling.

Mavzuda doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »