Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi Qorabutak–Kostanay avtomobil yo‘lining 144-qismida buzilib qolgan avtobusdan 63 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Foto: Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 12-mart kuni Aqto‘be viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga avtobusda nosozlik kuzatilgani haqida xabar kelib tushgan. Hodisa joyiga qutqaruvchilar va texnikalar jo‘natilgan.

Qutqaruvchilar 63 nafar O‘zbekiston fuqarosini avtobusdan evakuatsiya qilgan. Ular Aytekebi tumanidagi maktablardan biriga joylashtirilgan.

Foto: Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 3-mart kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida qorda qolib ketgan 106 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilingandi. O‘zbekistonliklar bo‘lgan 2 ta avtobus Samara—Chimkent yo‘lida qolib ketgan. Qutqaruvchilar 106 kishini evakuatsiya qilib, Ayteke biy qishlog‘i masjidiga joylashtirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »