Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro shahrida mast erkak ichki ishlar organi xodimini urib, burnini sindirdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, 11-fevral kuni soat 22:06 larda viloyat IIB “102” markazlashgan tizimiga Buxoro shahar “A.Temur” ko‘chasida yashovchi D.D. ismli erkak mast holatda turmush o‘rtog‘i bilan janjal qilayotgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan. Mazkur xabarnoma asosida hodisa joyiga Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 1-son IIB profilaktika inspektori hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi JXX JSTB post patrul xizmati batalyoni xodimlari yetib borgan.

Ular spirtli ichimlik isteʼmol qilganlikda gumon qilingan D.D.ni xizmat avtomashinasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun “Piridastgir” ko‘chasida joylashgan 11-son poliklinikaning qabulxonasiga olib borgan. Shu vaqt D.D. xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, hech bir sababsiz ularni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan va xizmat faoliyatini olib borayotgan HPB profilaktika inspektorining yuz qismiga qasddan musht tushurgan. 

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, erkak xodimga “burun suyagining yopiq sinishi” bilan kechgan tan jarohati yetkazib, xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishiga majbur qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »