Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kanadalik rejissor Daniel Roer tomonidan suratga olingan “Navalniy” filmi “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. Filmda rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyning “Novichok” bilan zaharlanishi, Germaniyada davolanishi va Rossiyaga qaytishi haqida hikoya qilinadi.

Taqdirlash marosimida rejissor surishtiruvchi jurnalist Xristo Grozev va Navalniyning maslakdoshi Mariya Pevchixga, shuningdek, Aleksey Navalniyning oilasi – rafiqasi Yuliya, qizi Dariya va o‘g‘li Zaxarga minnatdorlik bildirdi. Ularning barchasi rejissor bilan birgalikda sahnada mukofotni qabul qilib olishdi. “Jasoratingiz uchun rahmat. Butun dunyo siz bilan”, — dedi Roer.

“Men ushbu mukofotni Aleksey Navalniyga va butun dunyodagi barcha siyosiy mahbuslarga bag‘ishlamoqchiman”, — dedi rejissor.

Yuliya Navalnaya ham qisqa nutq so‘zladi: “Turmush o‘rtog‘im faqat haqiqatni gapirgani uchun hozir qamoqda. U faqat demokratiyani himoya qilgani uchun hozir qamoqda. Aleksey, men sen ozod bo‘ladigan kun haqida orzu qilaman. Mamlakatimiz ozod bo‘ladigan kun haqida. Bardam bo‘l, sevgilim!”

“Navalniy” filmi HBO Max striming servisi va CNN Films buyurtmasi asosida suratga olingan.

“Oskar”dan tashqari, film boshqa mukofotlarga ham sazovor bo‘lgandi. Film 2022-yil yanvar oyida uning premyerasi bo‘lib o‘tgan “Sandens” kinofestivalida tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi va Cinema Eye Honors’da ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi. Film fevral oyida BAFTA mukofotini ham qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, 2021-yildan beri Navalniy “Iv Roshe” ishi bo‘yicha koloniyada 2,5 yillik jazoni o‘tamoqda. 2022-yilning martida u firibgarlik va sudyani haqorat qilish ayblovlari bilan yana 9 yillik koloniyaga hukm qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »