Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Termiz tumani Yangiobod mahallasidagi “Termez National Carpets” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Korxona yiliga 2,2 million kvadrat metr gilam ishlab chiqarish quvvatiga ega. Buning uchun Germaniya, Belgiya, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. 150 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Mahsulotlarning qariyb yarmini eksport qilish rejalashtirilgan. Xomashyoning 80 foizi mahalliylashtirilgan. Qisqa vaqtda Ozarbayjon va Qirg‘iziston davlatlariga 255 ming dollarlik gilam va gilam mahsulotlari eksport qilindi. Joriy yilda 4 million dollarlik mahsulotni xorijlik buyurtmachilariga yetkazib berish mo‘ljallamoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Korxonada muqobil energiyadan foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Hozirda tashqi va ichki yoritish tizimi uchun quyosh panellaridan foydalanilmoqda. Davlat rahbari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Viloyatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi.

Shu yerda 6 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Termiz shahridagi “Indenim Cluster”, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Fabullo stroy servis”, Angor tumanidagi “Angor Baraka”, Termiz tumanidagi “Termiz agro impeks” korxonalari, Sariosiyo tumanidagi qurilish materiallari kichik sanoat zonasi va To‘palang gidro elektr stansiyasi vakillari videoaloqa orqali majmualar salohiyati haqida axborot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Termiz shahridagi “Indenim Cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyati paxta tolasidan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 400 ta yangi ish o‘rni tashkil etilgan.

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Fabullo stroy servis” korxonasida yiliga 75 ming kub metr avtoklav gazoblok ishlab chiqarish o‘zlashtirilib, 80 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.

Angor tumanidagi “Angor Baraka” mas’uliyati cheklangan jamiyati savdo majmuasida milliy hunarmandchilik markazi tashkil etilgan. U yerda yiliga qariyb 125 ming dona tayyor tikuvchilik, 50 turdagi milliy libos va hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlanib, ming nafarga yaqin xotin-qizning bandligi ta’minlanadi.

Sariosiyo tumanidagi kichik sanoat zonasida zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Termiz agro impeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Termiz tumanida 3 ming tonna sig‘imga ega muzlatkichli omborxona, zamonaviy issiqxona barpo etilib, 220 kishining bandligini ta’minlagan.

To‘palang gidro elektr stansiyasini modernizasiya qilish loyihasi doirasida uning umumiy quvvati 175 megavattga yetmoqda. Bu yiliga 467 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish imkonini beradi.

Umuman, mazkur 6 ta korxona 2 mingta yangi ish o‘rni yaratadi, ularning faoliyati tufayli viloyat ishlab chiqarishiga 370 milliard so‘m, eksportiga 20 million dollar qo‘shiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »