Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifini boshladi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari avvalo buyuk alloma Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilgan. Allohdan yurtimizga tinchlik, xayr-baraka tilab duo qilingan. Ulamolar bilan bo‘lgan suhbatda ilm-maʼrifat rivojiga yaratilayotgan sharoitlar va diniy erkinliklar haqida so‘z yuritilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Keyingi yillarda musulmonlar ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi: yangi masjidlar, madrasalar qurildi, ilmiy-maʼrifiy majmualar barpo qilingani, har yili minglab yurtdoshlarimiz haj va umra ibodatlarini ado etish baxtiga musharraf bo‘lishayotgani taʼkidlandi”, — deyiladi xabarda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Endigi asosiy vazifa buning ahamiyati va maʼnaviyatini xalqqa yetkazish ekani taʼkidlangan. Eng avvalo imom-xatiblar hududlarga chiqib, Hakim va Imom Termiziylar, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Abu Muin Nasafiy va boshqa buyuk allomalarimiz merosini tizimli va chuqur o‘rganishi kerakligi qayd etilgan. Buning uchun alohida dastur ishlab chiqish taklifi bildirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »