Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon va Sirdaryo viloyatlarida zaxiradagi yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro U.R. Andijon shahar “O‘rikzor” MFYdagi 14 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro SH.T.ga o‘ziga tegishliligini aytib, yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishgani aniqlangan. U fuqarodan 40 ming AQSH dollari olyotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Guliston tumanida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro G.A. boshqa bir fuqaro Z.E.ga o‘zini broker deb tanishtirib, unga “yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari“ orqali Boyovut tuman hokimligi zaxirasidan 6,7 gektar yer maydonini dehqon xo‘jaligi va chorvachilik uchun “E-auksion”dan yutib berishni va’da qilgani ma’lum bo‘lgan. U 4,5 ming AQSH dollari va 3 million so‘mni olayotganda ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »