Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevning tanqidiy yig‘ilishida uch nafar hokim tushuntirish xati yozdi, bir nafar hokim ogohlantirildi. Uch nafar hokim o‘rinbosari esa hayfsan oldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Zoir Mirzayev.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi 

Taʼkidlanishicha, bugun, 13-mart kuni Nurafshon shahrida Zoir Mirzayev raisligida navbatdagi “Hokimlik soati” o‘tkazilgan.

“Hokimlik soatida 2023-yilning birinchi choragi yakuni bo‘yicha budjet tushumlari bajarilishi, viloyatda dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi, shuningdek, viloyat hokimining vakolatiga kiradigan boshqa muhim masalalar tanqidiy muhokama qilindi. Bir qator masʼullarning faoliyati keskin tanqid qilindi, ayrimlariga nisbatan chora ko‘rildi, ogohlantirildi”, — deydi viloyat hokimligi axborot xizmat rahbari Behzod Qobulov.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi 

Aniqlanishicha, Qibray tumanida prezidentning 373-sonli qaroriga asosan tumanda dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilishi belgilangan 30 gektar maydon haligacha auksionga chiqarilmagan. Shu sabab tuman hokimi Miragzam Mirqosimov ogohlantirilgan. Hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.To‘ychiyevga esa hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

“Yangiyo‘l tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari L.Badalovga nisbatan dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilishi belgilangan 35 gektar yer maydonlarini zaxiraga olmaganligi uchun oylik maoshining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llash bo‘yicha taklif kiritildi. Shuningdek, Chinoz tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Mirsobirovga nisbatan dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilishi belgilangan yer maydonlarini auksionga chiqarilishini yetarli darajada nazoratga olmaganligi uchun hayfsan intizomiy jazo chorasi berildi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi 

Viloyatdagi qabristonlar uchun qo‘shimcha yer ajratish bo‘yicha berilgan takliflarga asosan, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini yakuniga yetkazish topshirig‘i bajarilmaganligi uchun viloyat hokimligining tegishli kotibiyati mudiri A.Akramovga ham hayfsan berildi. O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Qosimov, Yangiyo‘l tumani hokimi Ulug‘bek Yalgashov, Parkent tumani hokimi Shohrux Shoahmedovlar dehqon xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha 100 gektardan yer maydonlarini bugungi kungacha ajratib bermagani yuzasidan tushuntirish xati yozadigan bo‘ldi”, — deydi hokimlik masʼuli.

Zoir Mirzayev topshiriqlarni bajarishni paysalga solgan rahbarlar bilan murosa qilib bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi 

“Xalqqa yer ajratib berish ishlarini paysalga solgan rahbarlar bilan murosa qilib bo‘lmaydi. Bu aholining oziq-ovqat xavfsizligi va farovonligi bilan chambarchas muhim tarixiy voqea. Ochig‘i, bu boradagi hujjat ijrosi Toshkent viloyatida so‘zsiz bajarildi, deyish ham aslida kamlik qiladi. Biz ehtiyojlardan kelib chiqib, yana qo‘shimcha yer ajratishni o‘ylashimiz kerak. Toki yer olaman, dehqonchilik qilaman, degan aholi, birinchi navbatda, yoshlarning shashtini qaytarmaylik”, — degan viloyat rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »