Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudni (XJS) va uning yurisdiksiyasini tan olmaydi, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga. U bu haqda Gaaga Rossiyaning Ukrainaga bosqini yuzasidan ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi savolga javoban aytdi.

Foto: Reuters

“Umuman olganda, biz ko‘p yillar davomida na xalqaro sud organlari, hatto biz tan olmaydiganlar ham, xalqaro hamjamiyatning boshqa a’zolari ham Donbassda uyushtirilgan fuqarolik infratuzilmasini vayron qilish, ukrain millatchilari tomonidan tinch aholini o‘ldirish harakatlariga e’tibor qaratmaganini eslatishdan charchamaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi Kreml matbuot kotibi.

13-mart kuni The New York Times gazetasi manbalariga tayanib, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Ukrainaga bosqin paytida sodir etilgan jinoyatlar tufayli Rossiyaga qarshi ikkita ish ochmoqchi ekanini xabar qildi. Ulardan biri ukrainalik bolalarning o‘g‘irlanishi, ikkinchisi fuqarolik infratuzilmasiga qasddan qilingan hujumlar bilan bog‘liq.

Bu ishlarda ayblanuvchi kim bo‘lishi hozircha aniq emas. Agar ayblovlar qo‘yilsa, bu Ukrainadagi jinoyatlar uchun rossiyalik amaldorlarni xalqaro sudda ta’qib qilishga birinchi urinish bo‘ladi. Shu bilan birga, gazetaga intervyu bergan ekspertlar bu jarayonning amalga oshishi dargumon ekanini aytgan, chunki XJS ishni sirtdan ko‘rmaydi, Rossiya esa ayblanuvchini topshirmaydi.

Bir yil muqaddam XJS Ukrainada 2013-yil 21-noyabrdan, “Yevromaydon” voqealari boshlanganidan beri sodir etilgan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar bo‘yicha tergov boshlaganini e’lon qilgandi. Bu XJSda ishtirok etuvchi 39 davlatning murojaatidan keyin sodir bo‘ldi. Tashkilotning 42 nafar xodimi Ukrainaga yuborilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »