Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokiston politsiyasi 14-mart kuni sobiq bosh vazir Imron Xonning tarafdorlari bilan siyosatchining sharqiy Lahor shahridag uyi oldida to‘qnashdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Foto: AP Photo

Ma’lum qilinishicha, 71 yoshli muxolifat yetakchisi tarafdorlari politsiyaga tosh va g‘isht uloqtirgan, xavfsizlik xizmati esa ularga qarata ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan. O‘nga yaqin politsiyachi va 35 ga yaqin Xon tarafdori yaralangani aytilmoqda. Imron Xonning tarafdorlari tayoq bilan qurollanib, u joylashgan rezidensiyani himoya qilishga urinmoqda. Xavfsizlik kuchlari esa hujumga tayyorgarlik ko‘rgan.

Imron Xon bosh vazir bo‘lgan vaqtida olgan sovg‘alari haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda va davlat omboridan 630 ming dollarlik qimmatbaho buyumlarni sotganlikda ayblanmoqda. 2022-yil aprel oyida parlamentda ishonchsizlik votumi natijasida hokimiyatdan chetlatilgan Xon noyabr oyida Panjob provinsiyasidagi namoyishda qurolli hujum oqibatida yaralanganidan beri sudga borishdan qochadi. U sog‘lig‘i sababli sudda ishtirok etish uchun Lahordan Islomobodga bora olmasligini bildirgan.

Foto: AP Photo

O‘tgan hafta u Islomobodga uchta sudda ishtirok etish uchun kelgan, biroq poraxo‘rlik ishi bo‘yicha sud jarayonini boshlash uchun to‘rtinchi sudda qatnashmagan.

Xonning so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan qo‘zg‘atilgan qator ishlar, jumladan, terrorizm ayblovi Pokistonning amaldagi bosh vaziri Shahboz Sharif hukumati tomonidan uni obro‘sizlantirishga qaratilgan fitnadir. O‘z navbatida, Shahboz Sharif Xonning hibsga olinishi sud ruxsati bilan amalga oshirilganini va siyosiy ta’qib emasligini aytgan.

“Biz uni hibsga olamiz va buni sud qarori bilan amalga oshiramiz”, — degan u.

Xonning Pokiston “Tehrik-e-Insaf” partiyasining yuqori rahbari Shoh Mahmud Qureyshining aytishicha, hukumat Xonning uyiga politsiya yuborib, qonun va tartibni buzishga harakat qilmoqda.

“Biz politsiya bilan muzokaralar orqali o‘rta yo‘l topishga tayyormiz, ammo bugungi politsiya reydidan maqsad nima ekanini bilishimiz kerak. Vaziyatni yomonlashtirmang. Keling, o‘tirib, nima istayotganingizni muhokama qilaylik”, — degan Qureyshi politsiyaga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xon o‘z ixtiyori bilan hibsga olishni taklif qilishi mumkin, ammo “birinchi muzokara olib borish kerak”.

Yana bir yuqori martabali partiya yetakchisi Favad Chaudrining aytishicha, Xonning yuridik guruhi Islomobod Oliy sudiga siyosatchini hibsga olish orderlarini to‘xtatib turish to‘g‘risida so‘rov yuboradi. Xonning advokatlari Islomoboddagi boshqa sudda ham orderlarga e’tiroz bildirgan. Imron Xon buning fonida uyidan turib tarafdorlarini kurashni davom ettirishga chaqirgan. 

Foto: AP Photo

“Ular Imron Xon qamoqda bo‘lganda, bu xalq uxlaydi deb o‘ylashadi. Siz ularning noto‘g‘ri ekanini isbotlashingiz kerak”, — degan u.

Politsiyaning aytishicha, vaziyatni nazorat ostiga olish uchun qo‘shimcha kuchlar Xonning uyiga yo‘l olgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan tasvirlarda Xonning uyiga ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlar tushgani aks etgan.

“Biz uni sud qarori bilan hibsga olamiz, u bundan qochmoqda”, — deydi ichki ishlar vaziri Rana Sanaulloh Xon.

14-mart kuni Sharif hukumati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan o‘zgartirishlarni kiritib, mansabdor shaxslarga xizmat vaqtida olingan qimmatbaho davlat sovg‘alarini saqlashni taqiqlovchi qonunlarga aniqlik kiritdi. Taqiq shuni ko‘rsatadiki, hech bir mansabdor shaxs, jumladan, mamlakat bosh vaziri, yetakchi prezident va Vazirlar Mahkamasi vazirlari 300 dollardan oshiq sovg‘ani saqlab qololmaydi.

Taqiqda har qanday sovg‘a oluvchi hadyani bir oy ichida davlat omborida saqlashi kerak. Bundan buyon sovg‘alar davlat mulki sifatida qabul qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »