Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2022-yil yakuniga ko‘ra, Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 70 milliard dollarni tashkil etib, 2021-yilga nisbatan qariyb 40 foizga oshgan. 

Foto: “Daryo” 

Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan 30 yil ichida tashqi savdo aylanmasi qariyb 100 barobarga ko‘paygan. 

So‘nggi yillarda Xitoy Markaziy Osiyoning beshta davlati uchun savdo-iqtisodiy jihatdan eng muhim hamkorlardan biriga aylangan. 

Xitoyning Markaziy Osiyoga kiritgan jami sarmoyasi 2020-yil oxirida 40 milliard dollarga baholangan. Ularning yarmidan ko‘pi Qozog‘istonga yo‘naltirilgan. 

O‘zbekistonga Pekindan 2018-yildan boshlab investitsiyalar keskin oshgan. Umumiy ko‘rsatkich esa 2021-yil oxiriga kelib 9 milliard dollarga yetgan. 2019-yilda Xitoy Qirg‘izistonga jami 301 million dollar sarmoya kiritgan.

2022-yilda O‘zbekistonda 9,8 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilgan. Bu borada Xitoy Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan — 1,5 mlrd dollar. 

2019—2022-yillar davomida Xitoyning mamlakatga eng katta investitsiyalari sement sektoriga kiritilgan. Toshkent va Jizzax viloyatlarida qiymati 150 million dollardan ortiq bo‘lgan ko‘plab zavod loyihalari shular jumlasidandir. 

Shuningdek, Qirg‘izistonga kiritilayotgan global to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning deyarli 50 foizi Xitoyga to‘g‘ri keladi. 

Energetika sohasidagi hamkorlik ham Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarning muhim elementi hisoblanadi. 

Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon Xitoy—Markaziy Osiyo gaz quvuri, Xitoy—Qozog‘iston neft quvuri va Galkinish (Turkmaniston) gaz koni kabi qator yirik loyihalar birgalikda amalga oshirildi. 

Xitoy aynan Turkmanistondagi yirik energetika loyihalariga katta miqdorda investitsiya kiritadi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »