Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bedavo dardga chalingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Siyosatchi o‘zining Telegram sahifasiga videomunosabatini joyladi.

Foto: Videodan kadr

Qodirov kinoya bilan kasalligi haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga umid qilganlarni xafa qilganidan afsusdaligini aytdi. U avvalgidek sport bilan shug‘ullanishi, tog‘larga chiqishi, Chechenistonni rivojlantirishdagi muhim masalalarni muhokama qilish bilan shug‘ullanayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, u qo‘lida tibbiy asbob emas, balki elektron tasbeh borligini tushuntirdi.

Shuningdek, Ramzan Qodirov ayrimlar uning ko‘rish qobiliyatiga qiziqishini aytib, 100 foiz ravshan ko‘rishini qayd etdi. Siyosatchi Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonishini ham qo‘shimcha qildi.

Mazkur munosabatgacha Germaniyaning Bild nashri Ramzan Qodirovning buyragida muammo borligi, tanasidagi shishlar esa buning alomati ekanini xabar qilgan. Fevral oyida Checheniston rahbari Rossiya prezidentining Federal Majlisga murojaatini buyragi kasalligi sababli o‘tkazib yuborgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan. Bundan tashqari Checheniston rahbari davolanish uchun Germaniyaga ketgan, uni Rossiya federal xavfsizlik xizmati zaharlagani ilgari surilgan. Yevropa Qodirovning samolyotiga Germaniyaga borishi uchun havo hududidan parvoz qilishiga ruxsat bergani aytilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »