Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston bo‘ylab “Quyoshli xonadon” nomli yirik dastur ishga tushmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi farmoyishi eʼlon qilindi. Unga asosan 2023-yilda respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

Ushbu dastur asosida mamlakatimiz hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy kuvvati 182,1 MVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatiladi. Shuningdek, dastur doirasida quyosh panellarini o‘rnatish va undan foydalanishni jadallashtirish hamda ushbu ishlarni rag‘batlantirish maqsadida “Quyoshli mahalla” tanlovini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, “Quyoshli mahalla” tanlovining bosh sovrindori elektromobil bilan taqdirlanadi. Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda mukofotlanadi:

  • respublika bo‘yicha bosh sovrin bazaviy hisoblash miqdorining 1200 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi elektromobil;

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrining har biri bo‘yicha:

  • 1-o‘rin BHMning 400 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 10 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimini o‘rnatib beriladi;
  • 2-o‘rin BHMning 200 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 5 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimini o‘rnatib beriladi;
  • 3-o‘rin BHMning 100 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 3 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimini o‘rnatib beriladi.

Tanlov 2023-yil 15-martdan 1-iyunga qadar o‘tkaziladi. Unda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar, mahalla (qishloq, ovul) fuqarolari yig‘inlari miqyosida o‘tkaziladi hamda 14 ta hududning har biri bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »