Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Xuan ismli xitoylik fuqaro o‘g‘lining kechgacha mobil o‘yin o‘ynayotgani sababli uni 17 soat telefondan o‘yin o‘ynashga majburladi. Bu haqda The New Paper xabar berdi.

Foto: Douyin

Erkak farzandi kechasi bilan smartfonda yashirincha o‘yin o‘ynayotganini aniqladi va bu o‘g‘lining ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi sababli unga jazo tayinladi. Holat yuzasidan u xotini bilan maslahatlashdi va maktabga qo‘ng‘iroq qilib, bolaga bir kunga ruxsat berishni so‘radi. Shundan keyin u o‘g‘lini kun bo‘yi uxlamasdan telefonda o‘yin o‘ynashga majburladi. 

Avvaliga bola xursand bo‘ldi, keyinchalik charchaganidan va tanasidagi og‘riqdan shikoyat qildi. Xuan esa o‘g‘lining yoniga o‘tirib, uning uxlamasdan smartfon o‘ynashini nazorat qildi. Natijada bola 17 soat mobil o‘yin o‘ynadi va hech qachon kechasi mobil o‘yin o‘ynamaslikka va’da berdi.

Bola bu va’dani tasdiqlovchi xat ham yozdi. Ota o‘g‘liga ish kunlari yarim soat, dam olish kunlari esa bir soat telefon o‘ynashga ruxsat berishini aytdi. Erkak bolaning jazoga dosh berishiga ishonchi komil bo‘lgani, lekin boshqa ota-onalar uning tajribasini takrorlamasligi kerakligini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »