Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatida faoliyat olib boruvchi “O‘z-Hanwoo” qo‘shma korxonasi 8—15-mart kunlari Tovar-xomashyo birjasida tender o‘tkazdi. “Daryo” muxbiri xarid ma’lumotlari bilan tanishish jarayonida shubhali holatga duch keldi.

Kontekst

Avtotransport vositalari uchun butlovchi qismlar va aksessuarlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “O‘z-Hanwoo” qo‘shma korxonasining ovoz o‘tkazmaydigan materiallarga marmar yostiq yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazgan tenderi yakunlandi. Xarid lotining boshlang‘ich narxi 1 milliard 53 million so‘m etib belgilangandi.

Skrin: “etender.uzex.uz”

Lot ma’lumotnomasiga ko‘ra, buyurtma qilinayotgan maxsus yostiqlar uch xil o‘lchamda bo‘ladi. Ularning jami soni 520 mingta bo‘lib, o‘rtacha narxi 1300 so‘mdan 2650 so‘mgacha baholangan.

Protokolda yozilishicha, tenderni yutish uchun ikkita MCHJ raqobatlashgan. Ular:

  • “Yuksak Biznes Taraqqiyoti”;
  • Asakalik Solijon Avlodlari”.

Komissiya a’zolari ularni 10 ta kriteriya bo‘yicha baholagan. So‘ng taklif etilayotgan narxlar bilan tanishib, yakuniy ballarni e’lon qilgan — 100 ga 40. “Asakalik Solijon Avlodlari” MCHJ juda katta farq bilan tender g‘olibi deb topilgan. Shartnoma summasi esa 933 million 400 ming so‘m etib belgilangan. Qizig‘i shundaki, “Yuksak Biznes Taraqqiyoti” MCHJga 9 ta kriteriya bo‘yicha 1 balldan berilgan, xolos.

Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi

Bekgraund

Tender ishtirokchilarining rahbariyati bilan qiziqdik. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, g‘olib korxona (“A.S.A.”)ning rahbari Soliyev Soibjon Soliyevich hisoblanadi. Ustav fonddagi ta’sischilar esa uchta bo‘lib, Qobulov G‘ofurjon Shahobiddinovich ular ichida eng ko‘p ulushga egalik qiladi.

Skrin: Statistika agentligi

Shubhalisi, zaxira g‘olib “Y.B.T.” MCHJning yagona ta’sischisi va rahbari ham o‘sha odam — Qobulov G‘ofurjon Shahobiddinovich, “A.S.A“ korxonasi aksiyadorlaridan biri.

Skrin: Statistika agentligi

Bundan kelib chiqyaptiki, qariyb 1 milliard so‘mlik tenderda bir odamga tegishli ikkita korxona “raqobatlashyapti”, hakamlar ulardan biriga juda ham shubhali ballar qo‘yib tashlayapti va yakunda tenderning intrigasiz o‘tishiga sabab bo‘lyapti.

Mas’ullardan ushbu shubhali tenderlar natijalariga e’tibor qaratishni so‘raymiz.

Abduqahhor Qosimov
Muxbir:

Abduqahhor Qosimov

Izoh

Ulug'bek

16.03.2023, 21:37

2 та иштирокчини 1 соат ичида бир вактда таклиф бергани хам этиборга сазовор

Shohjahon Kamolov

16.03.2023, 19:32

gap yo'q davom etiyla anchasini ko'rsatib bervosila

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »