Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Xalqaro Gaaga sudining Rossiya prezidenti Vladimir Putinni va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olish orderiga munosabat bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RBK”

“Xalqaro jinoiy sud qarorlari mamlakatimiz uchun, jumladan, huquqiy nuqtayi nazardan ham hech qanday ma’noga ega emas. Rossiya Xalqaro Jinoyat sudining Rim statuti ishtirokchisi emas va unga ko‘ra hech qanday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi. Rossiya bu organ bilan hamkorlik qilmaydi va Xalqaro sud tomonidan hibsga olishning mumkin bo‘lgan ‘retseptlari’ biz uchun qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi”, — dedi Mariya Zaxarova.

Xalqaro Gaaga sudi 17-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. Rossiya prezidenti Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilganlikda gumonlanmoqda. Shuningdek, sud Rossiyaning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olish uchun ham order bergan.

Ma’lumot uchun, Putin “Rim statuti”ni ratifikatsiya qilgan 123 ta davlatning biriga tashrif buyurgan taqdirda mahalliy hokimiyat tomonidan hibsga olinishi va sudga tortilishi kerak. Bunday davlatlar orasida Tojikiston ham bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »