Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Har mavsumda moda aksessuarlar to‘plamini yangilashni yaxshi ko‘radigan ayollar garderobida har qanday vaziyat uchun kamida bitta ko‘p qirrali, keng, qulay hamda har xil ko‘rinishga mos keladigan sumka bo‘lishi kerak. Marie Claire nashri har bir obrazga mos tushuvchi sumkani tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Foto: Marie Claire 

Ko‘p kiyadigan kiyimlaringizga mos sumka modellarini ko‘rib chiqish

Kundalik ravishda eng ko‘p kiyadigan kiyimlar, ularning rang palitrasi va uslubiga asoslanib, to‘g‘ri sumka modelini tanlash kerak. Garderobdagi hamma narsa bilan mos kelishi mumkin bo‘lgan model obrazga putur yetkazmaydi. Bunday holatda neytral klassik rangli sumkani tanlagan ma’qul.

Foto: Marie Claire 

Hajm borasida xato qilish

Avval qanday o‘lchamdagi sumka kerakligini yaxshilab o‘ylab ko‘rish lozim. Haqiqiy talabga ega bo‘lmagan juda katta aksessuar zerikarli bo‘ladi va juda kichik sumka esa biror-bir narsa sig‘masligi bilan foydasiz bo‘lishi mumkin. Agar hujjatlar yoki noutbuk bo‘lsa, shunga mos ravishda qulay hamda foydali model tanlash tavsiya etiladi.

Sumkaning tuzilishiga e’tibor bering 

Sumkaning qiymati, albatta, uning barcha kerakli narsalarni saqlash qobiliyatidadir. Saqlash bo‘limlariga pasport va pul uchun alohida cho‘ntak, shuningdek, aksessuardan kundalik foydalanishni yanada qulayroq qiladigan boshqa nuqtalarga e’tibor berish lozim.

Foto: Marie Claire 

Minimalizmga ustunlik bering

Juda yorqin yoki g‘ayrioddiy sumka osongina ko‘zga tashlanishi mumkin va bu kabi modellar shunga mos libosni kiyishni taklif qiladi. Shuning uchun kundalik obrazga imkon qadar jiddiy va turli xil bezaklarsiz sumka tanlash tavsiya etiladi.

Foto: Marie Claire 

Sifatga e’tiborli bo‘lish

Sumka tanlashda materiali, aksessuar, chok va bo‘limlarga e’tibor berish lozim. Ba’zi charm sumkalar boshqalarga qaraganda uzoq xizmat qiladi. Har doim ham qimmat sumka sotib olish bir mavsumdan keyin sifatsiz sumkani tashlab yuborishdan ko‘ra yaxshiroq.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »