Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sevgi, do‘stlik va zombi apokalipsisi haqida turli-tuman multfilmlar.

“Oseam”

Janubiy Koreya, 2003 yil

Multfilm, oilaviy.

Davomiyligi: 75 daqiqa.

IMDb: 6.9.

Aka va uning ko‘zi ojiz singlisi yo‘qolgan onasini qidirib yo‘lga chiqishadi. Uni topish imkoniyati deyarli nolga teng, lekin bolalar taslim bo‘lmaydilar va qo‘llaridan kelganini qilishadi. Bolalar tasodifan duch kelgan ibodatxonadagi rohiblar ularga yordam berishga qaror qilishadi.

“Oseam” animatsiyasi 2003-yilda chiqarilgan. Premyera muvaffaqiyatsiz o‘tadi, ammo vaqt o‘tishi bilan tomoshabinlar ushbu kartinani yaxshi ko‘rib qolishadi.

“Seul stansiyasi”

Janubiy Koreya, 2016 yil.

Multfilm, xorror.

Davomiyligi: 92 daqiqa.

IMDb: 6.1.

Seul vokzalida zombi apokalipsisi boshlanadi, odamlar bir-birlarini tishlab, virus yuqtirishadi. Voqealar episentrida Xye-son turadi — qiz uni fohishalikka majburlaydigan sevgilisidan yashirinib oladi.

“Pusanga ketayotgan poyezd” serialining prekveli muxlislarga albatta yoqadi. Yorqin animatsiya muxlislari ham xursand bo‘lishadi — multfilm juda rang-barang tasvirlarga ega.

“To‘ng‘izlar qiroli”

Janubiy Koreya, 2011 yil

Multfilm, triller.

Davomiyligi: 97 daqiqa.

IMDb: 6.7.

Ikki sinfdosh o‘rtoqlar uchrashmoqchi bo‘lishadi. Do‘stlar o‘n besh yildan beri ko‘rishmagan, bu vaqt ichida ularning hayoti keskin o‘zgargan. Ulardan biri muvaffaqiyatsiz yozuvchi, ikkinchisi esa xotinini o‘ldirgan bankrot tadbirkor. Ular o‘z qalblarini bir-birlariga to‘kishga harakat qilishadi, lekin asosiy omadsizliklari va gunohlarini tan olishdan uyaladilar.

“To‘ng‘izlar qiroli” animesining ssenariy muallifi va rejissori Yong Sang Xo bo‘lib, “Pusanga ketayotgan poyezd” filmi bilan Koreyadan tashqarida ham keng ommaga tanilgan.

“Soxta”

Janubiy Koreya, 2013 yil

Animatsiya, drama.

Davomiyligi: 104 daqiqa.

IMDb: 6.8.

Yangi to‘g‘on qurish uchun qishloq suv ostida qolishi kerak. Aholi evakuatsiya qilinmoqda. Yordamga ruhoniy chaqiriladi, lekin mahalliy aholidan biri odamlarni unga ishonmaslik kerakligiga ishontirishga harakat qiladi. Gap shundaki, ruhoniy yashiradigan dahshatli sir bor.

“Soxta” hech kim bir-biriga ishonmaydigan viloyat haqida. Salbiy qahramonlar nafaqat politsiya xodimlari, balki ruhoniylar hamdir.

“Pukka”

Kanada, Janubiy Koreya, 2006-2019.

Animatsiya, romantika, komediya.

Davomiyligi: 3 fasl.

IMDb: 6.8.

Pukka — ninza Garuni yoqtirib qolgan qiz. Garuning asosiy maqsadi — kundan kunga kuchayib borish va jang san’atini mukammal egallash, Pukkaga esa e’tibor ham bermaydi. Qiz uning e’tiborini jalb qilish uchun hamma narsaga tayyor.

Pukka haqidagi animatsion serial 13 yil davomida chiqarilgan, garchi multfilm 49 qism bo‘lsa ham. Romantik hikoyalarni yaxshi ko‘radiganlarga yoqadigan kartina.

“Jasur Lifi”

Janubiy Koreya, 2011 yil

Animatsiya, sarguzasht, drama, oilaviy.

Davomiyligi: 93 daqiqa.

IMDb: 7.0.

Lifi jasoratini to‘plab, butun umri davomida yashagan tovuq fermasidan qochadi. Erkinlik umidida o‘rmon bo‘ylab kezib, tulkidan o‘rdakchani qutqaradi. Birgalikda ular nafaqat qiziqarli, balki xavfli ko‘plab sarguzashtlarni boshdan kechiradilar. Ko‘plab boshqa koreys multfilmlari singari “Jasur Lifi” ham do‘stlik haqida.

“Robokar Poli va uning do‘stlari”

Janubiy Koreya, 2011–2014.

Multfilm, bolalar uchun.

Davomiyligi: 4 fasl.

IMDb: 5.9.

Robokar Poli o‘z shahri uchun, jumladan, yo‘llarda sodir bo‘layotgan voqealar uchun javobgardir. Do‘stlari bilan birgalikda u mahalliy aholini har qanday muammolardan qutqaradi.

“Robokar Poli” oilaviy komedik-sarguzasht animatsion seriali oddiy haqiqatni o‘rgatadi: eng yaxshisi birga ishlash, shunda hammasi yaxshi bo‘ladi.

“Tulki-qizaloq”

Janubiy Koreya, 2007 yil

Multfilm, fantaziya.

Davomiyligi: 90 daqiqa.

IMDb: 6.8.

Odamga aylanishi mumkin bo‘lgan sehrgar tulkicha baland tog‘larda yashaydi va kamdan kam hollarda o‘rmonni tark etadi. Ammo bir kuni u bir bolani sevib qoladi — endi tulki butun umrga odam bo‘lib qolishni xohlaydi.

“Pingvincha Pororo”

Janubiy Koreya, 2007 yil

Multfilm, bolalar uchun.

Davomiyligi: 7 fasl.

IMDb: 6.3.

O‘rmondagi kichik bir qishloqda hayvonlar tinch-totuv yashaydi: pingvin Pororo, tulki Eddi, qunduz Lupi, oq ayiq bolasi Pobi va timsoh Krong. Janjaldan keyin ular nafaqat tinchlik o‘rnatishlari, balki do‘stlik nima ekanligini tushunishlari kerak.

“Pingvincha Pororo” butun dunyoda nafaqat bolalar, balki o‘smirlar orasida ham mashhur. Bu eskirgan bo‘lishi dargumon — do‘stlik mavzusi doimo dolzarb bo‘lib qoladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »