Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Eron prezidenti Ibrohim Raisiyni qirollikka tashrif buyurishga taklif qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Kollaj: “Daryo”

Eron prezidenti taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgan.

“Saudiya Arabistoni qiroli prezidentga yo‘llagan maktubida ikki qardosh davlat o‘rtasidagi kelishuvni olqishladi, Raisiyni Ar-Riyodga taklif qildi”, — dedi Eron prezidenti ma’muriyati rahbarining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Muhammad Jamshidiy. Siyosatchi Eron rahbari taklifni olqishlaganini qayd etdi.

Ikki davlat 10-mart kuni Xitoy vositachiligida qariyb yetti yil o‘tib aloqalarni tiklash bo‘yicha kelishuv imzolanganini e’lon qildi. 2016-yilda Saudiya Arabistonining taniqli shia voizi Nimr an-Nimr qatl etilishi ortidan eronlik namoyishchilar Saudiya Arabistoni diplomatik missiyalariga hujum qilganidan keyin Ar-Riyod Eron bilan munosabatlarni uzgan.

Bunga javoban qator Eron yetakchilari Ar-Riyodga nisbatan keskin bayonotlar bilan chiqqan. Saudiya Tashqi ishlar vazirligi Eron elchisini chaqirib, unga norozilik bildirgan. 2022-yil sentabr oyida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ar-Riyod va Tehron qo‘shnichilik munosabatlariga ega bo‘lishi kerakligini aytgan. Ammo Eronda tartibsizliklar boshlanganidan keyin mamlakat rasmiylari Saudiya Arabistonini namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »