Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatida qurilganiga yarim asr bo‘lgan, qulab tushish arafasiga kelib qolgan ko‘prik qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov maʼlum qildi.

Aytilishicha, mazkur ko‘prikning foydalanishga topshirilish jarayonida viloyat hokimi, faollar, nuroniylar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

“Viloyat hokimi va faollar Qorasuv—Bo‘ka—Bekobod avtomobil yo‘lining 6,93 km qismida temiryo‘l ustidan o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgichni mukammal taʼmirlash ishlari bilan tanishdi. Keng jamoatchilik ishtirokida o‘tgan ochilish marosimida viloyat hokimi Zoir Mirzayev yig‘ilganlarni qo‘shaloq bayram bilan samimiy qutladi.

‘Toshkent ko‘priklardan foydalanish’ unitar korxonasi bunyodkorlariga minnatdorlik bildirdi. Yangi bunyod etilgan ko‘prik avtomobillar harakatining uzluksizligi barobarida piyodalar xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishi xususida so‘z yuritdi”, — deydi Behzod Qobulov.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Maʼlum qilinishicha, mazkur ko‘prik uchun budjet mablag‘lari hisobidan 25,6 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, taʼmirlash ishlarida 94 kun davomida 85 dan ortiq xodimlar, 30 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etilgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

“Shu kuni Nurafshon Иbiznes Сity hududida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali hududida IT-parkning Toshkent viloyati filiali binosi ham ochildi. Mehmonlar qisqa muloqotdan so‘ng ramziy lentani kesishib, binoda yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

Aytish zarurki, binoda barcha qulayliklar yaratilgan. Xonalarga zamonaviy mebel jihozlari, kompyuter texnologiyalari o‘rnatilgan. Oshxona, dam olish xonalari ham tashkil etilgan. Viloyat mahalliy budjetidan 8 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, zamonaviy kompyuterlar jamlanmasi va mebel jihozlari bilan taʼminlashga erishildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan viloyatimizda faoliyat yuritayotgan IT kompaniya vakillariga yaratgan imkoniyatlaridan so‘ng viloyatda IT-Park rezidentlari soni 32 taga yetkazildi”, — deydi hokimlik vakili.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Qo‘shimcha qilinishicha, o‘sha kuni 3,5 milliard so‘m evaziga barpo etilgan “Nuroniylar va maʼnaviyat maskani” ham foydalanishga topshirilgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

“Unda nuroniylar uchun dam olish, shaxmat-shashka, sport-sog‘lomlashtirish, tibbiyot xonalari, choyxona tashkil etildi. Boy kitob fondiga ega kutubxona ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Viloyatimizda 340 mingdan ziyod nuroniylar istiqomat qiladi. Ular davlatimiz eʼtiborini kundalik hayotida his qilib turibdi va bundan minnatdor.

Ayni paytda katta hayotiy tajribaga ega faxriylarimiz ijtimoiy hayotda, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida faol ishtirok etmoqda. Barcha tuman va shaharlarda tashkil etilayotgan Nuroniylar maskani esa bu borada ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi”, — deydi viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Farhod Omonov.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Tadbir yakunida ishchi-xodimlar va ishtirokchilar uchun bayramona dasturxon yozilib, konsert dasturi namoyish qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »