Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zi aktyorlar ko‘pincha ma’lum bir rol bilan bog‘lanib qoladi. Ular har safar o‘z rollarini ishtiyoq bilan o‘ynab, tomoshabinga o‘zlari kutgan narsani taqdim etsa, buning yomon joyi yo‘q. Ammo baribir ekranda mahorat bilan o‘zgarishni biladigan aktyorlar alohida hurmatga loyiqdir.

Tom Xenks

Foto: AdMe

Xenks o‘ziga xos jozibasi tufayli doimo prinsipial, odobli, mehribon va shu bilan birga, kamtarona qahramonlarning rollarini o‘ynaydi. Vaholanki, takrorlanib turadigan sifatlarga qaramay, aktyor har safar ekrandagi personajlarni turlicha gavdalantiradi, ularni o‘ziga xos qiladi.

Helena Bonem Karter

Foto: AdMe

Uzoq vaqt davomida Helena faqat nozik gul sifatida aristokrat qiz rolida qabul qilingan. Ammo tomoshabinlar baxtiga u o‘ziga yuklangan obrazga qarshi chiqdi. Aktrisa “Jangchilar klubi” filmidagi beparvo Marla rolini o‘ynab, o‘zining “qorong‘i” tomonini ko‘rsatdi. Istasa, ajoyib tarzda har qanday odamga aylana olishini isbotladi.

Xyu Lori

Foto: AdMe

Agar siz Xyu Lorini faqat Doktor Xaus sifatida bilsangiz, ko‘p narsani o‘tkazib yuboribsiz. “Jivs va Vuster” filmidagi xarizmatik aristokratdan tortib “Tungi boshqaruvchi” filmidagi sovuqqon yovuz odamga, 5-avenyudagi kosmik laynerning sarosimaga tushib qolgan psevdo-kapitanigacha — Lori har doim qahramonini ishonchli tasvirlashga va ijrosi bilan hayajonlantirishga muvaffaq bo‘ladi.

Anya Teylor-Joy

Foto: AdMe

Teylor-Joy xarizmasi va iste’dodi tufayli debyutidan atigi 6 yil o‘tgach, birinchi “Emmi” nominatsiyasi va “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritdi. Yosh aktrisa uchun 2015-yilda “Jodugar” filmidagi roli omad keltirdi. O‘shandan beri Anya o‘ziga ishonib topshirilgan har qanday obrazni yorqin va ishonchli tarzda gavdalantirishga qodirligini har bir ishida isbotlab kelmoqda.

Uillyem Defo

Foto: AdMe

Defo qandaydir osonlik bilan ekranda yorqin va jasur qahramonlarni, shuningdek, butunlay yovuz va jirkanch personajlarni gavdalantirishga muvaffaq bo‘ladi. Shubhasiz, o‘zining noyob iste’dodi tufayli aktyor turli kino mukofotlari uchun juda ko‘p nominatsiyalarga sazovor bo‘ldi.

Toni Kollett

Foto: AdMe

Avstraliyalik Toni Kollett bejiz Gollivuddagi ko‘p qirrali aktrisalardan biri deb atalmagan. Aktrisa yuzi va tanasini tushunarsiz tarzda boshqaradi, tom ma’noda o‘ziga xos yuz ifodalari va harakatlari bilan butunlay boshqa odamga aylanadi. U kuchli his-tuyg‘ularni ekran orqali tomoshabinlarga qanchalik oson yetkazishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Sem Rokvell

Foto: AdMe

Rokvell 90-yillarda mustaqil kino paydo bo‘lganidayoq e’tirofga sazovor bo‘lgan va uning eng muhim roli “Xavfli odamning e’tiroflari” filmidagi teleboshlovchi Chak Barris roli bo‘lgan. O‘shandan beri aktyor faoliyati davomida doimo birinchi va ikkinchi plandagi rollar o‘rtasida o‘zgaradi, ikkala rolni ham teng iste’dod bilan ijro etdi.

Amanda Seyfrid

Foto: AdMe

Amanda bejiz turli mukofotlar sohibasi emas. Aktrisa janrlar bilan tajriba o‘tkazishdan qo‘rqmasligi aniq. Yengil komediyalar va musiqiy filmlarga, shuningdek dramalar va trillerlarning bezovta qiluvchi muhitiga mos keladi. Ayni damda aktrisa “To‘lgan xona” qiziqarli detektiv serialida suratga tushmoqda.

Gari Oldman

Foto: AdMe

Oldmanning qahramonlarini o‘zgartirish qobiliyati ba’zan hayratlanarli. Aktyor nafaqat tashqi ko‘rinishini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartiradi, balki har bir personaj uchun urg‘u va yuz ifodalarini nozik tarzda o‘ynaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »