Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Garderobingizdagi kiyimlarni tartibga keltirishga qiynalasizmi, unda ortiqcha kiyimlarda  xalos bo‘lish vaqti keldi. “Noviy ochag” nashri kiyim javonida bo‘sh joy yaratishga va uni tartibga solishga yordam beradigan ma’lumotlarni taqdim etdi.

Foto: “Noviy ochag”

Bu kiyimlar qanchalik sizga yoqadi?

Garderobingizdagi kiyimlarga e’tibor bering, qaysidir kiyimni kiyishni istamasangiz, uni garderobingizdan chiqarib tashlang. O‘zingizga yoqadigan kiyimlarni tartibga keltiring.

Dog‘ teggan kiyimlarga e’tibor bering

Garderobingizdagi qaysidir kiyimga dog‘ teggan va ularni kimyoviy tozalash orqali ketkizish mumkin bo‘lsa tashlab yuborishga shoshilmang. Biroq buning iloji bo‘lmasa, kiyimlarni tashlab yuborgan ma’qul. Dezodorant dog‘lari bo‘lgan kiyimlarni ham qarab chiqing, toza kiyimlar o‘zingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi.

Kiyimning rangi o‘zgarib, eskirganmi?

Agar shunday bo‘lsa, uni tashlab yuboring, uyda kiyish uchun sizga 10 ta rangi o‘chgan futbolka kerak emas. Agar siz ularni uyda dam olish kunlarida kiysangiz ham, eski futbolkalar yetarli bo‘ladi.

Kiyim yirtilgan yoki sifatiga zarar yetganmi?

Agar shunday bo‘lsa, atelyega borish yoki tikish ishlari buni hal qila oladimi yoki yo‘qligini bilib oling. Kiyimlaringizni to‘g‘rilashning iloji bo‘lmasa, uyda keraksiz narsalarni to‘plamang.

Kiyim sizga yaxshi mos keladimi?

Kiyimlaringiz qay darajada o‘zingizga mos keladi? Agar kiyimlar siz mos bo‘lmasa, sizga mos kela oladigan qilish haqiqatga mos keladimi yoki yo‘qligini bilib oling. Kiyimlar kichrayib qolgan yoki kattalashib ketgan bo‘lsa ularni garderobingizdan chiqarib tashlang.

Bu kiyimni oxirgi marta qachon kiygansiz?

Agar bir yildan kamroq vaqt oldin bo‘lsa, unda narsalarni shkafga qo‘yishdan qo‘rqmang. Agar bir yildan oshgan bo‘lsa, avvalgi barcha shartlar bajarilganini tekshiring: kiyimning sifati buzilmagan, boshqa kamchiliklari yo‘q bo‘lib, yaxshi mos kelsa va sizga yoqsa, uni kiyim javonidan olishga shoshilmang. Agar kiyimni ma’lum sabablarga ko‘ra, kiymayotgan bo‘lsangiz, saqlab turishdan foyda yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »