Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Tergov qo‘mitasi Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori va sudyalariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar berildi qo‘mita Telegram kanalida.

Foto: DPA

Gap Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olish uchun order berishni so‘ragan XJS prokurori Karim Xon, shuningdek, ushbu orderlarni bergan sudyalar Tomoko Akane, Rozario Salvatore Aytala va Serxio Xerardo Ugalde Godinezni javobgarlikka tortish haqida ketmoqda.

Tergov qo‘mitasining ta’kidlashicha, Putin va Lvova-Belovaning ta’qib qilinishi “shubhasiz noqonuniy, chunki jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar yo‘q”.

Rossiya Tergov qo‘mitasi Xonni qasddan begunoh shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda qonunga xilof ravishda ayblash, shuningdek, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish maqsadida xorijiy davlatning xalqaro himoyaga ega bo‘lgan vakiliga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi moddalar bo‘yicha gumonlamoqda.

XJS sudyalariga nisbatan esa ish qasddan noqonuniy hibsga olish va xorijiy davlat vakiliga hujum qilishga tayyorgarlik moddalari bilan tergov qilinmoqda.

17-mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergandi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilinmoqda. Xuddi shunday order Rossiya bolalar ombudsmanı Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.

Kreml XJS qarorini “g‘azablantiradigan” deb atadi, shu bilan birga, Rossiya bu sudning yurisdiksiyasini tan olmasligini ta’kidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi orderning “ahamiyatsiz”ligini aytdi. Putinning o‘zi XJS qaroriga izoh bermadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »