Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin davlat rahbarlarining daxlsizligiga ishora qilib, Ukrainadagi harbiy mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan Xalqaro jinoiy sud bu masalada obyektiv va xolis pozitsiya tutishi va ikki tomonlama standartlardan qochishi kerakligini aytdi.

“Pekin Ukraina inqirozida xolis va adolatli rol o‘ynashda davom etadi”, — dedi Van Venbin.

Qayd etilishicha, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili 20-mart kuni, Si Szinpinning Moskvaga tashrifi boshlanishidan oldin shunday bayonot bergan. U xalqaro huquqqa muvofiq davlat rahbarlarining daxlsizligiga ishora qilib, harbiy mojaroni muloqot va muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi. 

Van Venbin, shuningdek, Xitoy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ehtimoliy tinchlik muzokaralarida konstruktiv pozitsiyani egallashini taʼkidladi.

17-mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergandi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilinmoqda. Xuddi shunday order Rossiya bolalar ombudsmanı Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.

Kreml XJS qarorini “g‘azablantiradigan” deb atadi, shu bilan birga, Rossiya bu sudning yurisdiksiyasini tan olmasligini ta’kidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi orderning “ahamiyatsiz”ligini aytdi. Putinning o‘zi XJS qaroriga izoh bermadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »