Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyning People’s Daily davlat nashrida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yangi teleboshlovchi faoliyat yuritishni boshladi. Unga Ren Xiaorong nomi berildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Foto: People’s Daily

Texnologiya “minglab boshlovchilar”ning professional mahoratiga ega va istalgan mavzuda erkin gapira oladi. Virtual qiz yil bo‘yi istalgan mavzudagi yangiliklarni efirga uzata olishi aytilmoqda.

“Men 365 kun, 24 soat butun yil davomida, kechayu kunduz, dam olmasdan yangiliklarni uzatib boraman”, — deydi Ren.

Boshlovchi faqat oldindan berilgan savollarga javob bera oladi. Uning javoblari Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi tomonidan o‘z g‘oyalarini ilgari surish uchun ishlatiladi. Tomoshabinlar sun’iy intellektni propagandada ayblamoqda.

Bir tomoshabin Ren ilg‘or texnologiyalar, soliq imtiyozlari, to‘lovlar, Xitoyning “Ikki sessiya” siyosiy konferensiyasini muhokama qilishi mumkinligini aytdi. Biroq boshlovchi javobi odamlar tomonidan oldindan yozilgan va hukumat tashviqotini o‘z ichiga oladi. Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan boshlovchi birinchi marta Weibo striming-platformasidagi videolavhada namoyish etilgan. 2018-yilda Sinxua davlat axborot agentligi birinchi sun’iy intellektli boshlovchini taqdim etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »