Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vazn yo‘qotish va organizmni tozalashda samarali bo‘lgan mahsulotlarni qidirib dorixonalarga boramiz yoki ijtimoiy tarmoqlarda samaradorligi isbotlanmagan qimmatbaho mahsulotlarga buyurtma beramiz. Biroq bunday vosita har bir oshxonada mavjud. Wday nashri har kuni ertalab och qoringa bir stakan issiq suv ichishning organizmga qanday foydasi borligi haqida ma’lumot berdi.

Foto: Wday 

Ertalab och qoringa bir stakan issiq suv ichishning foydali jihatlari

Ma’lum bo‘lishicha, ertalab bir stakan suv ichishning organizm uchun foydali bo‘lgan jihatlari ko‘p. Masalan, tongda och qoringa iliq suv ichish:

  • ichak va oshqozonni toksinlardan tozalashga;
  • zaiflashtiruvchi parhezlarsiz vazn yo‘qotishga;
  • qon bosimini normallashtirishga;
  • husnbuzar va yog‘li teridan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Gastroenterologlar suvning shifobaxsh xususiyatlarini isbotlab bergan. Tun davomida ovqat hazm qilish chiqindilari va toksinlar shilliq ichak devorlarida to‘planadi. Ertalab och qoringa iliq yoki sovuq suv ichish hamma zararli moddalarni yuvishga yordam beradi. Natijada, oshqozon-ichak trakti ishga tushadi, o‘z ishini boshlaydi va organizmni tozalaydi. Agar har kuni ertalab o‘zingizni bunday oddiy muolajaga o‘rgatsangiz, bu organizmning ishqoriy muvozanatini normallashtiradi va qon bosimiga ijobiy ta’sir qiladi.

Eng foydalisi issiq, biroq qaynatilmagan suv hisoblanadi. Suvni qaynatganda undagi foydali xususiyatlar yo‘qoladi, bu esa organizmda to‘liq so‘rilmaydi. Biroq, katta shaharlarda ichimlik suvi eng yaxshi sifatga ega emas, ba’zida uni qaynatmagan holda ichish sog‘liq uchun xavfli. Bunday holatda filtrlangan yoki do‘konlarda sotiladigan ichimlik suvidan foydalanishingiz mumkin.

Ertalab och qoringa issiq suvni qanday holatda ichish kerak?

Organizmni tozalash va vazn yo‘qotish uchun har kuni bir stakan issiq, lekin qaynatilmagan suv ichish tavsiya etiladi. Tavsiya etilgan harorat 40 daraja atrofida. Suvni shoshilmasdan, kichik qultumlarda va uyg‘ongandan so‘ng darhol, har doim och qoringa ichish kerak.

“Suvning ta’mini yaxshilash uchun unga ozgina asal yoki bir bo‘lak limon (bir necha tomchi sharbat) qo‘shishingiz mumkin”, — deydi Yelena Ryabinkova.

Shu bilan birga, limonli suv ichish ayrim insonlarga tavsiya etilmaydi. Bunday suvni oshqozonining kislotaliligi yuqori bo‘lgan insonlar ichishi mumkin emas. Surunkali va o‘tkir gastrit yoki oshqozon yarasi bor bemorlar esa faqat oddiy suv ichgani yoki unga ozgina asal qo‘shgani ma’qul.

Foto: Wday

Har kuni och qoringa issiq suv ichish va uning tana uchun foydali jihatlari sizni befarq qoldirmaydi, chunki suv hayotning asosi deb hisobalanadi. Sog‘ligingiz uchun ushbu oddiy retseptlardan foydalaning va sog‘lom bo‘ling.

Ekspert fikri

“Ertalab och qoringa suv ichish yoki ichmaslikda har kim o‘zining ovqatlanish afzalliklariga qarab qaror qiladi. Biroq bu ishni qilsangiz, suvni xona haroratida yoki maksimal tana haroratida ichgan ma’qul. Bunday holatda, tana haroratni tenglashtirish va ichki gomeostazni saqlab qolish uchun energiya sarflamaydi. Juda sovuq yoki issiq suv oshqozon shilliq qavatini bezovta qilishi mumkin.

Ma’lumki, limon C vitaminiga boy. Shuni ta’kidlash kerakki, limon issiq suv yoki choyga solinganda, tarkibidagi foydali bo‘lgan C vitaminini yo‘qotadi.

Vazn yo‘qotish uchun limonli issiq suv ichish ham shart emas. Men bunda vazn yo‘qotishga yordam beradigan yoki metabolizmni tezlashtiradigan, oshqozon-ichak traktining funksiyalarini yaxshilaydigan ishonchli tasdiqlaydigan tadqiqotlarni ko‘rmadim. Bizning organizmimiz o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tizim bo‘lib, kerakli fermentlar, mikroelementlar kontsentratsiyasini nazorat qiladi va biror narsaning ortiqcha qo‘shilishi yoki suyultirish avtoregulyatsiya jarayonlarining buzilishiga olib keladi.

Bundan tashqari, limon tarkibida safro sekretsiyasini rag‘batlantiradigan organik kislotalar mavjud. Gastrit, oshqozon yoki o‘n ikki barmoqli ichakning oshqozon yarasi, xoletsistit bilan og‘rigan bemorlarga och qoringa limonli issiq suv ichish tavsiya etilmaydi. Bunday holatda, shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul.

Biroq, limonning ham foydali xususiyatlari bor, men C vitaminini qizil qalampir, qorag‘at va unga boy bo‘lgan boshqa oziq-ovqatlardan ham olishni tavsiya qilaman. Suyuqliklarni qabul qilish ehtiyojlar, atrof-muhit harorati va sport mashg‘ulotlariga qarab kun davomida teng ravishda taqsimlanishi kerak”, — deydi tibbiyot fanlari nomzodi, dietolog Yelena Ryabinkova.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »