Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mazkur xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi

Bugungi kunda aholi o‘z hududidagi hal etilishi lozim bo‘lgan qator masalalarni “Open budget” portaliga joylab, ovoz yig‘ish orqali “Tashabbusli budjet” loyihasida g‘olib bo‘lish uchun harakat qilishmoqda. Ushbu portalga joylanayotgan ijtimoiy loyihalar orasida maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarini taʼmirlash ishlari ham yetakchilik qiladi.  

Qayd etilishicha, ushbu jarayonda o‘qituvchilar, o‘quvchilar hatto ota-onalar ham tashabbus ko‘rsatib, o‘zlari mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan yoki farzandlari tahsil olayotgan maktabni obod qilish uchun ovoz berishda shaxsiy tashabbus ko‘rsatmoqda. Biroq ijtimoiy tarmoqlar orqali joylarda baʼzi o‘qituvchilarga ushbu loyihada ovoz yig‘ish uchun majburiy topshiriq berilayotgani, topshiriqni bajarishga beeʼtibor qarayotgan o‘qituvchilarga kerakli chora ko‘rish bilan tahdid qilinayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalib, ular Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jiddiy o‘rganilmoqda.

Keltirilishicha, ayni vaqtda “Vazirga murojaat” portaliga o‘qituvchilardan ushbu mazmundagi murojaatlar kelib tushmagan.

Izoh

K.M

24.03.2023, 09:32

Maktab öquvchilardan bösh paytida bu qöshimcha ishda.azgina qimirlab turiladi shu bilan

Farrukh Madridista

24.03.2023, 09:16

Nafaqat o'qituvchilar balki oliy toifali shifokorlarga ham tazyiq orqali ishdan haydash orqali tahdid qilib ovoz yig'ishga majburlash holatlari kuzatilmoqda buni ham yoritinglar iltimos ba'zi bir eski tuzum aqidasi miyasida hali ham aylanib yurgan mutassaddilar o'qisin balki ko'zi ochilar.

》DIYORBEK《

23.03.2023, 21:40

Unversitetlarda ham shu axvol

Мақсуджон

23.03.2023, 21:39

Ўқитувчилар тиланчига ўхшаб қолди. Кўчаларда, бозорларда овоз йиғиб юрибди

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »