Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” harakati Afg‘onistonning Nimro‘z viloyatida opiumdan olinadigan soliqni 10 oyga bekor qilib, bu muddatda kontrabandachilarga afyunni mamlakatdan olib chiqishni buyurdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: AFP

Mahalliy manbaga ko‘ra, “Tolibon” kontrabandachilarga afyunini sotish va Afg‘onistondan olib chiqish uchun 10 oy muhlat bergan. Bundan tashqari, “Tolibon” narkotik sotuvchilarni soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilgan.

“10 oydan so‘ng giyohvand moddalar savdosini butunlay taqiqlanishi yoki taqiqlanmasligi bo‘yicha ma’lum qaror chiqariladi”, — deyiladi xabarda.

“Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgach, kuniga bir kilogramm afyun uchun 600 afg‘oni (78 540 so‘m) soliq undirgani va afyunni ushbu viloyat chegaralari orqali mamlakatdan olib chiqib ketishga ruxsat bergani ma’lum qilindi.

O‘z navbatida, “Tolibon” harakati rahbari mulla Haybatulla Oxundzoda Afg‘onistonda marixuana yetishtirishni taqiqlagan

“Butun mamlakatda nasha yetishtirish mutlaqo taqiqlangan, hech kim o‘z yeriga nasha eka olmaydi. Agar ular o‘z yerlariga nasha eksa, ekin yo‘q qilinadi”, — degan Oxundzoda.

Qonunni buzganlar shariat asosida javobgarlikka tortilishi qayd etilgan. Afg‘oniston dunyodagi eng yirik afyun va kannabis yetishtiruvchi davlatlardan biridir. Mamlakatda nasha ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar mavjud emas. BMT ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2009-yilda Afg‘onistonda nasha yetishtirish uchun mamlakatning 17 viloyatida 10 mingdan 24 ming gektargacha maydonlar ajratilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »