Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘plab insonlar iloji boricha uzoqroq yashashni orzu qiladi va bu sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga bog‘liq. Agar uzoq umr ko‘rishni istasangiz, birinchi navbatda iste’mol qilayotgan mahsulotlaringizga e’tibor berishingiz kerak. Sog‘lom, chiroyli va energiyaga to‘la bo‘lish uchun chipslar, fastfud va gazlangan ichimliklar haqida unuting. Ovqatlanish menyungizga sabzavot, mevalar va superfudlarni kiriting.

Foto: Wday

Olimlar sabzavotlar orasida qarishga qarshi kurashda eng foydali bo‘lgan bir sabzavotni alohida ajratib ko‘rsatadi. Bu mahsulot tarkibida marganes, K vitamini, foliy kislotasi, vitamin B6, kalsiy, kaliy, tiamin mavjud va u C vitaminiga boy.

Bu sabzavot haqida bilasiz, amerikalik olimlar karam tanani xavfli yallig‘lanishdan himoya qilishi mumkin, degan xulosaga kelgan.

Mayo tibbiyot klinikasi shifokorlarining qo‘shimcha qilishicha, ovqatlanish menyusida karamning ko‘p miqdorda bo‘lishi organizmdagi kuchli yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, saraton xavfini kamaytiradi, shuningdek, stressga chidamlilikni oshiradi.

Karam tarkibidagi xun tolasi organizmni toksinlar va zararli moddalardan tozalaydi va A, B, C, P, U guruhlari vitaminlari teri, soch va tirnoqlarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Karam ko‘zlardagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni sekinlashtirishi, degenerativ kasalliklarning rivojlanishidan himoya qilishi mumkin.

Mutaxassislar karamni har qanday shaklda iste’mol qilishni maslahat beradi, biroq pishirilmagan karam ko‘p miqdorda ozuqaviy moddalarni o‘zida saqlagani sababli uni shu holatda iste’mol qilgan ma’qul.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »