Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida 23-mart kuni yangi qurilayotgan temiryo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushgani haqida xabar berilgan edi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Foto: Telegram / @uzb_meteo

Xabarga ko‘ra, Amudaryo tumani hududining shimoliy qismidan o‘tuvchi G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu (A-380) avtomobil yo‘lining 717-718-km oralig‘ida yangi temiryo‘l yo‘l o‘tkazgichini qurish davrida ikkita oraliq balka hozircha nomaʼlum sabablarga ko‘ra tushib ketgan.

Qayd etilishicha, mazkur holatda hech kim jabr ko‘rmagan. Bugungi kunda ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida tegishli mutaxassislar va maxsus laboratoriya xodimlari safarbar qilingan.

Ushbu sunʼiy inshootning qurilish-montaj ishlari tugallanmagan, keyingi bosqichda yo‘l o‘tkazgich temiryo‘l bilan ulash, temiryo‘lning yuqori tuzilishi, relslar va shpallar yotqizilishi kerak. Balkalarning qulashi natijasida obyekt strukturasining boshqa tuzilmalari va qurilish uskunalari shikastlanmadi. 

“Ushbu yo‘l o‘tkazgichni Amudaryo ustidan qurilayotgan qo‘shma ko‘prik bilan adashtirmaslik kerak. Mazkur yo‘l o‘tkazgich Amudaryo tumani hududidan Xorazm viloyati hududiga olib boruvchi yangi qurilayotgan Shavat – Qorauzak temiryo‘l liniyasining bir qismidir”, deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »