Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi Binance dasturiy ta’minotdagi nosozlik tufayli bugun, 24-mart kuni barcha spot savdolarni bir necha soatga to‘xtatdi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Ma’lum muddatga depozit va pul yechib olish ham to‘xtatilgan. Uzilishlar ortidan bitkoin darhol 500 dollar atrofida arzonlashdi. Binance bosh direktori Changpeng Chjao savdodagi uzilishlar ehtiyot chorasi ekanligini ma’lum qilgan. 

O‘tgan yillar davomida Binance butun dunyo bo‘ylab regulyatorlar tomonidan tekshirildi. 2021-yilda Buyuk Britaniyaning Moliyaviy boshqaruv idorasi hisobotda to‘liq ma’lumot bermaganligi sababli kompaniyani samarali tartibga solish mumkin emasligini ta’kidladi. 

Mart oyi boshida Binance 22-maydan boshlab Buyuk Britaniya mijozlari uchun depozit va pul yechib olishni to‘xtatib qo‘yishini eʼlon qildi.

Va shu yilning 8 fevralidan boshlab, Binance sababini tushuntirmasdan, noma'lum muddatga AQSH dollarida omonat qo‘yish va mablag‘larni yechib olishni to‘xtatdi. O‘shanda kompaniya “oylik faol foydalanuvchilarimiz 0,01 foizi AQSH dollari bank o‘tkazmalaridan foydalanadi”, deb ta’kidlagan edi. 

Bundan tashqari AQSH advokati kriptovalyuta birjasi noqonuniy operatsiyalar uchun ishlatilgan degan shubhalar tufayli 2018-yildan beri Binance’ga qarshi jinoiy tergov olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »